25 noy 12:56
Yangiliklar

Sobiq UFC chempioni 48 yoshli Liddell 7 yildan so'ng yana oktagonga chiqdi
Oqshomning markaziy jangida 43 yoshli Tito Ortis to'rt karra sobiq UFC chempioni 48 yoshli CHak Liddellga qarshi oktagonga chiqdi. Bu CHak uchun etti yillik tanaffusdan keyingi ilk jang edi.
Liddell so'nggi bor 2011 yilda jang o'tkazgan va shundan keyin faoliyatini yakunlaganligini elon qilgandi. O'sha paytda CHak ketma-ket to'rtta jangda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan edi. Ortisga qarshi jang birinchi raundning beshinchi daqiqasida to'xtatildi. Liddellga yosh baribir o'z tasirini o'tkazibdi.
Eslatib o'tamiz, bu ikki sportchi o'rtasidagi uchinchi jang sifatida qayd etildi. 2004 va 2006 yillarda o'tkazilgan ikki jangda CHak Liddell raqibini katta ustunlik bilan mag'lub etgandi. Janglarning biri nokaut, ikkinchisi esa texnik nokaut bilan yakunlangan edi.
Fikrlar