24 mar 14:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Sobiq UFC chempioni Dana Uaytni gonorar masalasida yolg'onchilikda aybladi
UFC`ning eng engil vazn toifasidagi sobiq chempioni Demetrius Jonson Dana Uayt gonorarlar borasida yolg'on ishlatganini aytdi.
"Menga eng engil vazn toifasi jangchilariga PPV sotuvlaridan bonuslar berilmasligini aniq aytishdi. Agar sen engil, o'rta yoki og'ir vaznli bo'lsang marhamat. Ha, bu vazn chempionlari avtomatik ravishda 500 ming dollar gonorar olishadi, qo'shimcha bonuslarni hisobga olmaganda.
Men bunday summalarga etib ham bormaganman. Dana men sotuvlardan ulush so'ramaganimni aytdi. Bu yolg'on. ONE promousheniga o'tish mening eng to'g'ri qarorim bo'lgan. Si Em Pankaning ko'ring, axir u UFC`ga o'tishi bilan 500 ming dollar gonorar oldi. Men kamarimni 11 marotaba himoya qildim, ammo bunaqa summaga etib bormadim", - dedi Jonson.
Havola :
Manba : Sportskeeda
Fikrlar