23 mar 19:06
Yangiliklar
Sobiq UFC chempioni Fabrisiu Verdum PFLni tark etdi
Bunga Verdumning promoushen bilan amaldagi shartnomasi yakuniga etgani sabab bo'lgan.
"PFL bilan shartnomam yakunlandi. Kelishuvga ko'ra Renan Fereyra bilan bitta jang o'tkazdim. Ammo bu jang yakunda o'tkazilmagan deb topildi. Malum sabablarga ko'ra ikki yil jang o'tkaza olmadim. Aniqrog'i, bunga noxolis mag'lubiyat yozishgani sabab bo'lgandi. Aralash yakkakurash bilan 25 yildan beri shug'ullanaman. Menga bu og'ir botgandi. Yaqin kelajakda men oktagonga qaytishim mumkin. Faqat buning uchun menga ozgina vaqt kerak. Kim biladi, balki Frensis Ngannu yoki Keyn Velaskes bilan jang o'tkazarman", — dedi Verdum.
O'z o'rnida PFL ham Verdum va promoushen o'rtasidagi shartnoma yakuniga etganini tasdiqladi.
Fikrlar