06 dek 08:25
Yangiliklar

Sobiq UFC chempioni Joze Aldo Ti Jey Dillashouga "vyzov" tashladi
Ketma-ket g'alabalarga erishgan Aldo yana chempionlik kamariga davogarlar safiga qaytdi. Joze keyingi jangini Ti Jey Dillashouga qarshi o'tkazish istagida ekanini malum qildi. Dillashou engil vazn reytingida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
"Albatta, men kamar uchun jang qilmoqchiman. Lekin bu istakning amalga oshishi nechog'lik haqiqatga yaqin, buni bilmayman. O'ylashimcha, hozir men uchun eng yaxshi raqib Ti Jey Dillashou. Aynan u bilan oktagonda to'qnash kelmoqchiman. Ko'pchilik kechagi jangim oldidan meni uch raund ham turib bera olmaydi degandi. Bugun men ham parterda, ham tik turgan holda birdek jang qila olishimni isbotladim. Bugun siz yangi Aldoni ko'rdingiz", - dedi braziliyalik.
Fikrlar