05 may 08:08
Yangiliklar
Boks/MMA
Sobiq UFC chempioni oktagonga qaytmoqda. Uning navbatdagi raqibi va jang sanasi malum
Og'ir vaznda sobiq UFC chempioni Andrey Orlovskiy o'zining navbatdagi jangini 3 iyun kuni Las-Vegasdagi UFC on ESPN 45 turnirida o'tkazadi.
"Uchinchi iyun kuni jang. Raqib? qandaydir Donatel Albukerke ekan", - deya yozadi Orlovskiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Gap 2019 yildan beri UFC'da oltita jang o'tkazib, ikkitasida g'alaba qozongan, uchtasida esa mag'lubiyatga uchragan DonTel Mays haqida ketmoqda. Mays so'nggi bor shu yilning fevral oyida Augusto Sakaiga mag'lub bo'lgan edi.
Andrey Orlovskiy so'nggi jangini o'tgan yilning oktyabr oyida Markos Rojerio de Limaga qarshi o'tkazgan va mag'lubiyatga uchragandi.
Havola :
Manba : fightnews_info
Fikrlar