So’nggi yangiliklar

19:05Эртага 9 нафар боксчимиз Хитойдаги жаҳон кубогида жанг қилади 0 18:35Конор Макгрегор: "UFC'да қолишимга умид қиламан" 0 17:24Беҳруз Каримов Луис Диасни зарарсизлантириш, узоқ масофадан зарба ва бошқа масалалар ҳақида 0 16:48Перейра Ган билан жанг учун апелляция беришдан воз кечди. У реванш истамоқда 0 15:21"Шара Буллет ҳеч қачон UFC чемпиони бўлмайди" - Царукян 0 14:39Алекс Перейра навбатдаги жангини қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 13:13Колумбия бош мураббийи Ўзбекистонга қарши учрашувдан сўнг нималар деди? 0 12:36UFC 330 турнири учун иккинчи чемпионлик жанги эълон қилинди 0 11:17Жаҳон кубоги. Феруза Казакова Хитойдаги юришини муваффақиятли бошлади 0 10:44Алекс Перейра оғир вазнда қоладими? Унинг ўзи жавоб берди 0 10:16Фабио Каннаваро: "Хатолар бўлди, улар устида ишлаймиз" 0 09:02ЖЧ-2026. Колумбияга қарши тарихий ўйинда имкониятни бой бердик 0 07:33P4P UFC рейтинги янгиланди: Рўйхатда икки янги ном 0 06:56Каннаваронинг Колумбияга қарши жангчилари: Диасга қарши 18 ёшли Каримов ва марказдаги универсаллик 0 06:31Топуриянинг техник нокаутдан кейинги айтган илк сўзлари маълум бўлди 0

04 mar 08:42
Yangiliklar

Boks/MMA

Sobiq UFC chempioni qolgan umrini qamoqda o'tkazishi mumkin

Teglar :  Keyn VelaskesUFC
Og'ir vaznda sobiq UFC chempioni Keyn Velaskesning umrbod qamoq jazosiga mahkum etilishi kutilmoqda.

Uch kun oldin farzandiga nopok munosabatda bo'lgan shaxsga nisbatan zo'ravonlik qilishga uringan amerikalik jangchiga 10 ta ayblov qo'yildi. Xususan, qotillikka urinish, agar u aybdor deb topilsa, kamida 20 yildan to umrining oxirigacha panjara ortida qolishi mumkin.

Policiya hisobotiga ko'ra, Velaskes ayblanuvchi Garri Yujin Gularteni quvib, uning mashinasiga zarba bergan, keyin esa unga 40-kalibrli to'pponchasidan o'q uzgan. O'q Gulartening 63 yoshli o'gay otasi Pol Benderning tana va qo'l qismini yaralagan. SHuni takidlab o'tish kerakki, Garri Yujin Gularte mashinada bo'lgan uchinchi shaxs — yani onasi kabi jarohatlanmagan.

"Fojia shundaki, janob Velaskes adolatni o'z qo'liga olishga qaror qilib, jamoatchilik va mashinadagilarni xavf ostiga qo'ydi. Bu zo'ravonlik uning oilasiga yanada ko'proq azob-uqubatlarni keltirib chiqaradi", - dedi Santa Klara okrugi prokurori Jeff Rozen.

Eslatib o'tamiz, o'tgan juma kuni onasi bilan xususiy bolalar bog'chasiga egalik qiluvchi Garri Yujin Gularte "14 yoshgacha bo'lgan bolalarga nisbatan odobsiz va nopok xatti-harakatlar"da ayblangan, ammo prokurorning etirozlariga qaramay, u garov pulini to'lab ozod qilindi. SHundan so'ng Velaskes jinoyatchini o'zi jazolashga qaror qildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing