10 jan 14:39
Yangiliklar
Sobiq UFC jangchisi 50 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin
46 yoshli sobiq aralash yakkakurash ustasi Fil Baroni (16-19) Tepic (Meksika) shahridagi shtat qamoqxonasiga olib ketildi. Jurnalist Karlos Kontreras Legaspi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berishicha, uning ishi bo'yicha sud majlisi 9 yanvar kuni boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, yanvar oyi boshida Baroni o'z sevgilisini o'ldirishda ayblanib hibsga olingan edi. Qiz mehmonxonada o'lik holda topilgan va Filning o'zi policiya bo'limiga borgan. Policiya hisobotida aytilishicha, Baroni spirtli ichimliklar va giyohvand moddalar tasirida bo'lgan.
Sobiq jangchi 30 yildan 50 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Fil Baroni UFC, Pride, Bellator, One FC va boshqa bir qancha promoushenlarda jang qilgan.
Fikrlar