So’nggi yangiliklar

16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 10:46ESPN талқинига кўра дунёнинг энг яхши ҳужумкор ярим ҳимоячиси аниқланди. Беллингем – 2, Шерки – 4, Мактоминей – 8-ўринда! 0 10:20Махачевнинг мураббийи: "Ислам Хабибдан ўзиб кетди" 0 09:54“Президент Олимпиадаси” ва Осиё ўйинларига тайёргарлик жараёни кўриб чиқилди 0

01 noy 08:40
Yangiliklar

Tadbirlar

Sohada yangi so'z va atamalar qo'llanilishi yuzasidan Respublika onlayn ilmiy-amaliy anjumani o'tkazildi

Teglar :  SeminarO'zDJTSU
“Jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid yangi so'z va atamalarning qo'llanilishi: nazariya va amaliyot” Respublika onlayn ilmiy-amaliy anjumani o'tkazildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi bilan hamkorlikda “Jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid yangi so'z va atamalarning qo'llanilishi: nazariya va amaliyot” Respublika onlayn ilmiy-amaliy anjumani o'tkazildi.

Anjuman jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid yangi so'z va atamalarning qo'llanilishidagi muammolar va echimlar, o'zbek tilining davlat tili sifatida rivojlanishida sportning o'rni hamda davlat tili targ'iboti masalalari, jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat tilida ish yuritish masalalari, bolalar hamda kattalar foydalanadigan sport jihozlarining o'zbek tilida nomlanishi, jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid yangi so'z va atamalarni qo'llash borasida ilmiy tadqiqotlarni olib borish zarurati kabi yo'nalishlarni qamrab oldi.

Tadbir yaqinda respublikamiz miqyosida keng nishonlangan o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 31 yillik bayramiga hamohang tarzda tashkil etildi. Anjumanda sohaning etuk olimlari, malakali mutaxassislar tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasida bir necha yillardan beri o'z echimini kutayotgan muammolar muhokama etildi hamda ilmiy tavsiya va takliflar berildi.

Anjuman muhokamasidagi masalalar doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil 20 oktyabr kuni imzolangan «Mamlakatimizda o'zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni bilan 2020-2030 yillarda o'zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish koncepciyasi hamda 2020-2030 yillarda o'zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish koncepciyasini 2020-2022 yillarda amalga oshirish dasturida belgilangan bir qator vazifalar ham tahlil qilindi.

Topshiriqlar doirasida jismoniy tarbiya va sport sohasi bo'yicha kelgusida amalga oshirilishi zarur bo'lgan vazifalarni to'g'ri belgilab olish maqsadga muvofiq ekanligi, o'tgan davr mobaynida soha mutaxassislari, olimlar, jumladan, fan doktori va professorlar F.Kerimov, R.Xolmuxammedov, A.Abdiev, S.Tojiboev, X.Rafiev, docentlar O.Hayitov hamda A.SHopo'latovlar sport enseklopediyasi, sport jihozlarining o'zbek tilida nomlanishi, jismoniy tarbiya va sport atamalari, sport sohasiga oid o'zbek tiliga xorijiy tillardan o'zlashtirilgan so'z va atamalar hamda sport turlari bo'yicha so'z va atamalar hamda izohli lug'atlar yaratilmaganligi sohada ayniqsa ilmiy-tadqiqot yo'nalishida sport atamalarini turlicha qo'llashga sabab bo'layotganligi qayd etildi.

Vazirlik tizimidagi sport talim muassasalari uchun lotin alifbosida o'quv adabiyotlarini yaratish, shuningdek, Jismoniy tarbiya va sport yo'nalishidagi talim muassasalari faoliyatini takomillashtirish bo'yicha vazirlik huzuridagi muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini ham yanada jonlantirish, soha mutaxassislari, olimlarning jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun tayyorlangan o'quv adabiyotlarining muhokamasini tashkil etish, har bir o'quv qo'llanma va adabiyotlarni sifatli tayyorlashga alohida etibor qaratish lozimligi kabi tashabbuslar ilgari surildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing