05 noy 14:10
Yangiliklar
Menni Pakyao: "Xabib - namuna! Konorni urib qo'yaverardim"
Filippinlik afsona agar imkoniyatga ega bo'lsa, ringda kim bilan to'qnash kelishni afzal ko'rishi haqidagi savolga javob berdi - Konor Makgregor bilanmi yoki Xabib Nurmagomedov?
"Men Makgregor bilan jangni tanlagan bo'lardim. U juda ko'p gapiradi va men uning ovozini o'chirmoqchiman. Xabib yaxshi yigit, u yaxshi odam. Kamtarin va boshqalarni ilhomlantiradi. U sportda taqlid qilish uchun ajoyib namuna. Makgregor bilan esa jang qilgan bo'lardim", - dedi filippinlik IBA Boxing`ga bergan intervyusida.
Meyvezer va Pakyao o'rtasidagi revanshni tashkil etish tashabbuskori Netflix platformasi bo'lib, gar-so'zlarga ko'ra, jangning o'zi kelasi yilning apreliga rejalashtirilgan. SHu bilan birga, Xalqaro boks associaciyasi (IBA) rahbariyati ushbu jangda o'z kamarini qo'yishga tayyorligini malum qilgan.
Malumot uchun, 2015 yilda Floyd Meyvezer hakamlar qarori bilan filippinlik raqibini mag'lub etgandi. O'n yil oldin o'tkazilgan jang to'rt yarim milliondan ortiq pullik translyaciyalarni sotish orqali barcha moliyaviy rekordlarni yangilagandi.

Fikrlar