05 noy 14:31
Yangiliklar
Boks/MMA
Bahodir Jalolov bo'lajak jangi haqida: "Barchasini ring ko'rsatadi"
Ikki karra Olimpiada va Jahon chempioni Bahodir Jalolov prof boksdagi bo'lajak jangi va raqibi haqida qisqa fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz, Jalolov 14 noyabr kuni "Humo Arena"da o'tkaziladigan prof boks oqshomida nigeriyalik Solomon Adebayoga (14-0) qarshi jang o'tkazadi.
"Yaxshi raqib. U ham men kabi mag'lubiyatsiz kelmoqda. Xudo xohlasa barchasini ring ko'rsatadi. Kim yaxshi tayyorgarlik ko'rgan bo'lsa, o'sha g'alaba qozonadi", - dedi Bahodir Jalolov Liftpromotions matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar