05 noy 16:58
Yangiliklar
Neyt Diaz Jeyk Pol bilan revansh haqida: "Jang qabul qilindi"
"Jang qabul qilindi. Sen tamom bo'lding!", - deb yozdi Dias ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida birinchi jangdan olingan suratni joylab.
2023 yil avgust oyida Neyt Dias professional boksdagi debyutini muvaffaqiyatsiz o'tkazgan va o'n raund yakuniga ko'ra hakamlarning yakdil qarori bilan Jeyk Polga yutqazib qo'ygandi. Engil vaznda UFC chempionlik kamariga sobiq davogar o'sha jangda g'alaba qozonganiga ishonchi komil.
"Men o'sha jangda jarohat oldim, ammo ular xato qilishmoqda - men baribir bu jangda g'alaba qozongandim. Hammasi joyida, ko'pchilik boksni tushunmaydi. Men hammasini opa-singil Polga qaytaraman - ko'rishamiz, ahmoqlar, juda tez orada", - deb yozdi Dias.
Jeyk Pol va uning Most Valuable Promotions promouterlik kompaniyasi hozircha jang tashkil etilishini tasdiqlagani yo'q. 15 noyabr kuni Mayamida Jeyk Pol va Jervonta Devis o'rtasida jang bo'lib o'tishi kerak edi, ammo jahon chempioniga hujum va kaltaklash ayblovlari qo'yilgach, ushbu jang bekor qilingandi.
Rejaga ko'ra, shou 12 yoki 19 dekabrga ko'chiriladi.

Fikrlar