21 mar 14:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Sonders jarohat oldi, jang esa qoldirildi
Professional boksning o'rta vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Billi Jo Sonders (26-0, 12 KO) mashg'ulot chog'ida jarohat oldi.
Buning natijasida britaniyalik chempionning navbatdagi himoya jangi kamida ikki oyga kechiktirildi. Bu malumotni bokschining promouteri Frenk Uorren ham tasdiqladi.
CHempion mashg'ulot chog'ida qo'lini shikastlab olgan. Sonders hamyurti Martin Myurrey (36-4-1, 17 KO)ga qarshi ringga ko'tarilishi kerak edi. 14 aprel kuni Londondagi O2 arenasida o'tkazilishi belgilangan jang endi aynan shu erda 23 iyun sanasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar