19 dek 12:18
Yangiliklar
Futbol
So'nggi 20 yil ichida ilk bor Janubiy Amerika terma jamoasi JCHda g'olib chiqdi
Asosiy vaqtda 3:3 hisobidagi natijadan so'ng penaltilar seriyasida franciyaliklarni mag'lub etgan Argentina terma jamoasi 2022 yilgi Jahon chempionati g'olibiga aylandi.
Bu "albiseleste" uchun uchinchi jahon chempionligidir. SHuningdek, bu Janubiy Amerika vakili uchun so'nggi 20 yildagi birinchi jahon chempionati oltini – 2002 yilda Braziliya jahon chempioni bo'lgan.
Evropa hamon etakchilikni saqlab qolgan. Qadimgi dunyo vakillari 12 marta jahon chempioni bo'lishdi – Italiya va Germaniya to'rt marta oltin olgan bo'lsa, Franciya ikkita, Angliya va Ispaniya bittadan g'oliblikka ega.
Janubiy amerikaliklar uchun bu o'ninchi yubiley kubok edi. Braziliya besh marta, Urugvay ikki marta jahon chempioni bo'lgan va bu Argentina uchun uchinchi chempionlik unvoni sanaladi.
Havola :
Fikrlar