30 avg 08:05
Yangiliklar
Tokio-2020
So'nggi para pauerliftingchimiz ham o'z ishtirokini yakunladi
Bundan biroz avval para pauerlifting bo'yicha erkaklar o'rtasida -107 kg vazn toifasida hamyurtimiz Nuriddin Davlatov o'z ishtirokini yakunladi.
Afsuski, sportchimizning uchchala urinishi ham hakamlar tomonidan inobatga olinmadi va shu bilan Nuriddin musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Eslatib o'tamiz, bundan avval para pauerlifting bo'yicha ayollar o'rtasida -61 kg vazn toifasida Ro'za Qo'zieva kumush medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, erkaklar o'rtasida -88 kg vazn toifasida yana bir hamyurtimiz Farhod Umrzoqov 4-o'rinni egallagan edi.
SHu tariqa para pauerliftingchilarimizning Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlaridagi ishtiroki o'z nihoyasiga etdi.
Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar