10 dek 13:20
Yangiliklar

Sonnen: "Xabib tavakkal qilishni xohlamagani uchun vaznini o'zgartirmagan. Makgregor esa..."
Irlandiyalik Xabibni buyuk jangchi deb atash xato bo'lishini aytgandi.
"Xabib - eng dominant jangchi. U yigitlarni shunchaki urmagan, balki doim ularning ustidan nazorat qilgan. Ammo, Konor u oyoq bilan zarba berishni bilmaydi dedi. Aniqrog'i, Xabib umuman oyoq bilan zarba bermaydi. Konorning gaplari mening etiborimni tortdi. Sabab, u haq edi.
Konor Xabib hech qachon vazn toifasini almashtirmaganini, shunday bo'lsa ham ikki martta vazn to'play olmaganini qo'shimcha qildi. Modomiki, Xabibning vazn to'plashida shunday muammo bo'lgan ekan, unda u nega boshqa vaznga o'tmadi? Xabib tavakkal qilishni xohlamagani uchun vaznini o'zgartirmagan. Makgregor juda o'rinli gaplarni aytdi. Men uning so'zlariga to'liq qo'shilaman", - dedi CHeyl Sonnen.
Fikrlar