So’nggi yangiliklar

17:17Пакьяо Мейвезер билан реваншдан нималар кутаётганини айтди 0 16:40Файзуллаев ва бошқалар. Пролигада 1-турнинг энг яхшилари аниқланди 0 16:14Чимаев энг ақлли жангчи кимлиги ҳақидаги саволга жавоб берди — бу Жон Жонс эмас 0 15:39World Taekwondo Президенти Чунгвон Чои ЖЧ муносабати билан Ўзбекистонга келди 0 15:15Царукян нега ижтимоий тармоқларда фаоллашганини тушунтирди 0 14:42"Атлетико" 20 йиллик ноҳуш анаънага чек қўйди 0 14:14"Хамзат Стриклендни уч раунд ичида нокаут қилади" - мураббий 0 13:42Халқаро гимнастика федерацияси президенти Моринари Ватанабе Тошкентга келди 0 13:20Уайт Оқ уйдаги турнир қандай ҳолатда тўхтатилиши мумкинлигини айтди 0 12:58Осиё кубоги. Қизларимиз тарихий натижа қайд этишди 0 12:36Аёллар терма жамоамиз Осиё чемпионатини 5 та медаль билан якунлади 0 12:12Топурия: "Учинчи камар фақат Махачев билан жангдагина маънога эга" 0 11:40Octagon League собиқ чемпиони Анвар Абдуллаев нуфузли ММА Лигаси билан шартнома имзолади 0 11:16Тайсон Фьюри нима учун ҳамон фаолиятини давом эттираётганини тушунтирди 0 10:48Суперлига. Бугун ўзбек "Эл Класико" бор 0

16 iyu 20:30
Yangiliklar

Boks/MMA

So'z sizga. Bokschilarimizning "Prezident kubogi"dagi ishtiroki haqida qanday fikrdasiz?

Bugun Qozog'istonning Nur-Sultan shahrida boks bo'yicha "Prezident kubogi" xalqaro turniri start oldi.

Birinchi kungi dastur doirasida uch nafar hamyurtimiz o'z janglarini o'tkazishdi. -57 kg vaznli Miraziz Mirzahalilov kutilmaganda mezbon bokschiga 2:3 hisobida yutqazib qo'ydi. -91 kg vazndagi Sardor Yormuhammedov jang davomida raqibini nokdaun holatiga tushirganiga qaramay yakunda hakamlar mezbon bokschining g'alabasini qayd etishdi. -63 kg vaznli bokschimiz Kamronbek Eshmatov esa mo'g'ulistonlik raqibini mag'lubiyatga uchratdi. 

Bugun o'tkazilgan janglar haqida qanday fikrdasiz? Umuman, musobaqada ishtirok etadigan terma jamoamizdan nimalar kutmoqdasiz? So'z sizga!

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi turnirga quyidagi tarkibda jo'nab ketgandi:

Erkaklar:

-52 kg: Foziljon Abdumurodov

-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov

-63 kg: Kamronbek Eshmatov

-69 kg: Fazliddin Meliboev

-75 kg: Odiljon Aslonov

-75 kg: Rajabboy Atanazarov

-75 kg: Akmalbek Qosimov

-81 kg: Kozimbek Mardonov

-91 kg: Sardor Yormuhammedov


Ayollar: 

-57 kg: Tursunoy Rahimova

-60 kg: Rayhona Qodirova

-69 kg: SHaxnoza Yunusova.


UPD: Miraziz Mirzahalilovga g'alaba qaytarib berildi - O'zbekiston boks federaciyasi: Miraziz Mirzahalilovning g'alabasi qaytarib berildi

Reyting:    

Fikrlar

   
16 iyu 22:17:58
Aziz
Ўзбекистон бокс федерацияси: Миразиз Мирзаҳалиловнинг ғалабаси қайтариб берилди https://olamsport.com/uz/news/28434
   
16 iyu 22:10:03
Dilshot Solihov
KING RING foydalanuvchining fikriga javob berish
Kazsport youtubedanmi yoki televizor danmi
Kazsport telikanalda 100 foyiz live qilishvotti oldinam bu musobaqani Live qib kelishadi.
   
16 iyu 22:09:03
Jalol Axmedov
Akmaq Qosimov haqida yana ikki ogʻiz gap: 2012 yil yoshlar ortasida jahon chempioni 69 kiloda tushgan. yaqinda bogan 4 davlat musobaqasida 75 kiloda ukrainalik kuchli bokschi Oleksandr Hichnyak bilan tengma teng jang qilgan. bu bokschidan ham yaxshi natija kutib qolamiz

   
16 iyu 22:05:56
Nuriddin 77
Bir tiyinga qimmat musobaqa qozoqlarda shunaqa òz boksini rivojlantirish uchun ruhiy ustunlik berish uchun òzlarida doimiy musobaqa qilishadi.Òzbeklar bunaqa past darajadagi turnirda qatnashmaslik kerak.Bizda esa bunaqa turnirlar bòlmaydi birgina Sydney Jakson turniriniyam marmalniy òtkazishmaydi karochi boks federatsiyasi qorni tòygan yaqinda bular janglarniyam sotmasa bòldi.
   
16 iyu 22:02:02
Angren.
Албатда иштирок этиш керак, аммо биринчи ракамли боксчилар билан эмас. Мезбон омили эвазига боксчиларимиз устидан галаба козонишиб, кейин чемпионларди маглуб эттик деб керилиб юришларига юл куйиб бермаслигимиз керак. Иккинчидан захира боксчиларимизи синовдан утказиб олиш ун яхши мусобака деб уйлайман бу мусобакани.
   
16 iyu 21:47:11
KING RING
Kazsport youtubedanmi yoki televizor danmi
   
16 iyu 21:45:36
Jalol Axmedov
ertaga Balgariyalik Kristian Nikolov bilan Akmal Qosimov 81 kiloda tushyapti
   
16 iyu 21:43:00
Jalol Axmedov
75 kiloda Akmal qosimovni 81 kiloga oʻtkazishibdi kecha qura natijasida 81 kiloda qayt qilingan
   
16 iyu 21:27:28
Dilshot Solihov
KING RING foydalanuvchining fikriga javob berish
Mirazizbek Mirzahalilov gʻalaba qozondi va buni hakamlar ham aytib oʻtishgan. Bu yerda jangni elon qiladigan kementatorlar oʻzgartirishga uringan va jangdan soʻng bu oshkor boʻldi hamda jangni qaytarib berishdi
To'g'risi Kazsportta LIVE ko'rdim xattoki qo'shnilarimiz sharxlovchilarigacha Mirazizzi yutkanini takitlashvotudi to'g'risi ikki uch yil ichidagi Qozoqistondagi bu musobaqadagi bunday xolatlarga ko'nikibxam qoldik.
   
16 iyu 21:20:29
KING RING
Mirazizbek Mirzahalilov gʻalaba qozondi va buni hakamlar ham aytib oʻtishgan. Bu yerda jangni elon qiladigan kementatorlar oʻzgartirishga uringan va jangdan soʻng bu oshkor boʻldi hamda jangni qaytarib berishdi
   
16 iyu 21:19:50
Dilshot Solihov
Baribir mundoq ortga nazar solsek usha riyodagi muvffaqiyatan so'ng ikki yil moboynidagi tarkibbi sog'inasan kishi to'g'ri xozirgi yoshlar xar javxada ringda borini berishga xarakat qilishmoqda raxmat lekin usha oltin avlodi qanchalik qadri balandligini xozirda xar bir boks muxlisi baribir xis qiladi. Usha riyodagi alimpiyadadan shu kunga qadar Xasanboynixam profiga o'tvotkanini xisopka olsak oltin avlodni barchalari profiga o'tib ketishdi. Gap kelayotkan Rassiyadagi J.Ch xaqida musobaqaga 50 kun qoldi shaxsan ko'nglim juda katta muofaqiyatlarga ishonsada lekin biroz aqil bilan yondoshsam gamburkdagi mofaqiyat takrorlanishiga biroz shupxa bor. Mana xozirgi kunga kelib usha 81 dagi Bektemir 69 kg dagi Shaxram xamda 64 kg dagi Iqboljonlarni naqadar qiymati balanligini ratatsiya chog'laridayoq sezilvotti. Yana bir tarafi bazi vazinlarimiz masalan 52. 57. 69. kg vazinlarimizdagi ajoyib sog'lom raqobat ko'nglinni ko'tars 63. 75. 81 kg lardagi bo'kischilar Rasiyadagi chimpiyanatta qandaydur natij natija qayt etishi juda va juda mushkul . Mana shu vazinlardagi bo'shliqlar xaqida murabilarimiz bosh qotirishsa yaxshi bo'lardi yana biyog'ni vaxt ko'rsatadi.
   
16 iyu 21:17:56
KING RING
Hurmatli adminlar Mirzahalilovni jangini qaytarib berishdi. Iloji boʻlsa sahifani yangilab qoʻyinglar
   
16 iyu 20:43:36
Бахтиёр Чориев
Хаммаси ЖЧда малълум булади. Оз колди
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing