So’nggi yangiliklar

17:34Фигерейду Ян билан жанги учун ўз тахминини айтди 0 17:07Жейк Пол нима учун Тайсон билан жанги ўзига ёқмаганини айтди 0 16:41"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи 0 16:20Шахмат ва парашахмат бўйича “ҳоким кубоги” 0 15:59Россиялик блогер Баҳодир Жалоловнинг навбатдаги рақиби ҳақида: "Мешок"ларнинг камдан-кам учрайдигани рақиб қилиб олинди" 0 15:38Волейболчи талаба-қизлар ғолиблик учун беллашди 0 15:17Хакими ПСЖ билан шартномасини узайтирди 0 14:56Муҳаммад Мокаевнинг Brave CF'даги илк рақиби маълум 0 14:35Ҳасанбой Дўсматов Лос-Анжелес-2028даги иштироки ҳақида: "Бир нарса дейиш қийин" 0 14:14Қозоғистон терма жамоасининг Осиё чемпионати учун таркиби эълон қилинди 0 13:53Суперлига. Чемпион Фарғонада меҳмон! 0 13:32Ҳамюртимиз ONE FC турнирининг марказий жангида иштирок этади (+тўлиқ кард) 0 13:11Ҳумоюн Султонов Калабурагида 1/2 финал иштирокчисига айланди 0 12:50Бугун 5 нафар аралаш яккакурашчимиз Octagon 66 турнирида жанг қилади 0 12:29FourFourTwo ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди 0

14 sen 07:32
Yangiliklar

Bolalar sporti

Sport aholi salomatligi yo'lida muhim vositaga aylanmoqda

Teglar :  CportSalomatlik
Yurtimizda pandemiya sharoiti bo'lishiga qaramasdan, ayni kunlarda ham respublikamizda yoshlar masalasi, ularning barkamol shaxs sifatida kelajakda har tomonlama etuk, raqobatbardosh malakaga ega kadrlar qilib tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasida qaralib, chuqur islohotlar olib borilmoqda.

Ayniqsa, Muhtaram Prezidentimizning yurtimizda ilm-u marifat, sanat va madaniyat, ayniqsa, sportni rivojlantirishga qaratilgan tarixiy ishlari asrlarga tatigulik mazmun va samara kasb etmoqda.

Oxirgi yillarda mamlakatimiz rivojlangan xorijiy davlatlarning sportni rivojlantirishga qaratilgan taktikalari har tomonlama o'rganilib, o'zimizga xos va o'zimizga mos ravishda ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etila boshlandi. Respublikamiz tarixida ana shunday strategik ahamiyatga ega bo'lgan tarixiy hujjat Muhtaram Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 24 yanvar kuni «O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora–tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni elon qilindi.

Takidlash lozimki, Mustaqillik yillarida yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini taminlash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin, jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog'lig'ini mustahkamlashga ko'maklashadigan aniq dasturlarning etishmasligi, Oliy talim muassasalarida yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo'yicha yuqori natijalarni taminlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish masalalarida kamchiliklarning ham borligi hech kimga sir emasdi.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan mazkur Farmon, avvalo, yuqorida takidlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf qilishga qaratilganligi bilan, shuningdek, yurtimizda yuksak madaniyatga ega bo'lgan har tomonlama etuk hamda jismonan sog'lom insonni shakllantirish maqsadida aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yo'nalishlarni belgilashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Eng asosiysi, mazkur strategik hujjatga muvofiq, jismoniy tarbiya va sport tizimini 2025 yilgacha isloh qilishning asosiy yo'nalishlari belgilab berildi va bu bo'yicha Koncepciya hamda Yo'l xaritasi ishlab chiqildi.

Quvonarli jihati shundaki, jamiyatimizda aholini sog'lom turmush tarzi tamoyillariga o'rgatishga yo'naltirilgan bir qator choralar belgilanganki, unga muvofiq jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanayotgan aholining umumiy sonini yillar kesimida  30 foizgacha, sport tashkilot va muassasalarida shug'ullanayotgan yoshlarning umumiy sonini 20 foizgacha oshirish ko'zda tutilgan. SHuningdek, davlat sport talimi muassasalarida trener va mutaxassislarning sifat tarkibi, xususan, oliy malumotli xodimlar sonini bosqichma-bosqich 80 foizgacha etkazishga alohida etibor qaratilgan.

Hujjatda bayon qilinishicha, yurtimiz yoshlari orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, selekciyasining samarali va shaffof to'rt bosqichli – tashkilot-tuman (shahar)-hudud-respublika tizimini ishlab chiqish va joriy etish mexanizmi aniq va ravshan yoritib berilgan.

Bizlar uchun yana bir quvonarli tomoni, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport maktablari o'quvchi-sportchilari o'rtasida “Bolalar sport o'yinlari”ni o'tkazish orqali iqtidorli sportchilarni aniqlash va yoshlar terma jamoalariga zaxira yaratish hamda oliy talim muassasalari talabalari o'rtasida “Talabalar sport o'yinlari”ni tashkil etish natijasida talabalarni sport bilan muntazam shug'ullanishga erishish tizimining mexanizmi yaratib berildi.

Aholining keng qatlamlari, jumladan, umumtalim maktabi o'quvchilari, professional va oliy talim muassasalari o'quvchi va talabalari o'rtasida jismoniy tarbiyani ommalashtirish, ular orasida iqtidorlilarini aniqlash maqsadida “Umumtalim maktab sporti” festivali, “Jismoniy tayyorgarligi rivojlangan muassasa” ko'rik-tanlovini bosqichma-bosqich (tuman, shahar, hudud, respublika) o'tkazish tizimini ishlab chiqib, tayyorgarlik darajasi rivojlangan eng yaxshi umumtalim maktabi, professional va oliy talim muassasasi nominaciyasini joriy etilishi esa oliy talim bilan umumiy o'rta maxsus talim muassasalarining uzviyligini taminlovchi yangicha mexanizm sifatida alohida takidlash lozim.

Biz yoshlar uchun yana bir ahamiyatli jihati shundaki, endilikda sportchi yoshlarni saralash va katta sportga iqtidorli sportchilarni tanlab olish, sport zaxirasini shakllantirish tizimi yo'lga qo'yiladi, yoshlar orasida sportni ommalashtirishda yuqori natijalarga erishish maqsadida hududlarning o'ziga xos xususiyatlari, aholining qiziqishi va xohish-istaklaridan kelib chiqib, umumtalim maktablari oliy talim muassasalari kamida bittadan rivojlanayotgan milliy sport turlariga ixtisoslashtirilishi yurtimizda ilk bora kuzatilayotgan hodisadir.

Ayni yo'nalishda sport tayyorgarligidan o'tayotgan o'quvchi-sportchining sportdagi natijalari yaxshilanganda va u boshqa yuqori darajadagi sport talimi muassasasiga o'tkazilganda, uni tayyorlagan trenerga bir oylik ish haqi miqdorida bir martalik mukofot puli to'lash tizimining joriy etilishi ustoz-murabbiylarimiz uchun yaratilgan keng imkoniyatlardan biridir.

Oldinlari kuzatilmagan yana bir o'ziga xoslik shundaki, yurtimiz yoshlari uchun yana bir imkoniyat yaratildi, yani, olimpiya va paralimpiya sport turlari bo'yicha Olimpiya va Paralimpiya hamda Osiyo va Paraosiyo o'yinlari, jahon, Osiyo va respublika chempionatlarida oxirgi uch yilda g'olib va sovrindor (1-3 o'rin) bo'lgan sportchi-yoshlarni oliy talim muassasalariga (tibbiyot yo'nalishidan tashqari) uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat asosida qo'shimcha davlat granti asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilish tizimi yaratildi.

SHuningdek, oliy talim tizimida faoliyat yuritayotgan hurmatli ustozlarimiz uchun yanada keng imkoniyat va sharoitlarning yaratilishi biz talaba-yoshlarning ham ko'nglida faxr va iftixor tuyg'usini paydo etadi, yani, olimpiya sport turlari bo'yicha respublika (1-o'rin) va xalqaro musobaqalarda (Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida, Osiyo va Paraosiyo o'yinlarida, jahon chempionatida va Osiyo chempionatida 1-3 o'rinlar) g'olib chiqqan oliy talim muassasalari talabalarini tayyorlagan jismoniy tarbiya va sport yo'nalishidagi kafedralar o'qituvchilariga navbatdagi ilmiy unvonlarni (docent, professor) to'g'ridan-to'g'ri berish tartibi joriy etiladigan bo'ldi.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan bizning yo'nalishimizda strategik ahamiyatga ega bo'lgan mazkur hujjat bilan tanishar ekanman, o'zim tahsil olayotgan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talim olayotgan men kabi yoshlar uchun, qolaversa, o'qituvchi, ustoz-murabbiylarim uchun ham quvonarlidir.

Negaki, Qoraqalpog'istondagi dastlabki oliy talim dargohi hisoblangan, 86 yillik tarixga ega bo'lgan institutimizda ham sport-tarbiya ishlari namunali tarzda yo'lga qo'yilgan. Ana shu bois, bugungi kunda institutimiz talabalari nafaqat Qoraqalpog'istonda, balki, O'zbekiston va dunyo arenalarida munosib ishtirok etishib, faxrli o'rinlarni qo'lga kiritishmoqda.

Institutimizda mavjud 12 ta sport sekciyasining doimiy faoliyat ko'rsatishi va ularga tajribali ustozlarimizning trener sifatida biriktirilishi hamda tizimli ravishda belgilangan jadval asosida sportning turli yo'nalishlari bo'yicha musobaqalar tashkil etilishi iqtidorli sportchi yoshlarning saralab olish imkonini bermoqda.

Jumladan, joriy o'quv yilining dastlabki yarim yilligining o'zida fakultetimiz rahbariyati hamda ustoz-trenerlarimiz rahbarligida «Sport oyligi» tadbirlari doirasida institutimizning barcha fakultetlardan 10 ta jamoaning to'liq ishtirok etishi va jadval asosida  basketbol, voleybol, gandbol, futbol, stol tennisi, engil atletika, Quvnoq startlar hamda gimnastika sport musobaqalari yuqori saviyada o'tkazilishi yoshlar qalbida unutilmas voqea bo'lib qoldi. Ana shunday musobaqalarda faol ishtirok etgan va g'olib bo'lgan tengdoshlarim Qoraqalpog'iston, O'zbekiston va Xalqaro nufuzli musobaqa va tanlovlarda ham munosib ishtirok etib, faxrli o'rinlarni qo'lga kiritishib kelishmoqda.

Fikrimiz dalili sifatida aytishim mumkinki, hurmatli ustozimiz, institutimizning tajribali treneri Ozod aka Kazakov rahbarligidagi «Voleybol qizlar» komandasi har yili Respublikamizda tashkil qilinayotgan turli xil musobaqalarda munosib ishtirok etishib, faxrli o'rinlarni qo'lga kiritib kelishmoqda. Jumladan, tengdoshlarimning Voleybol bo'yicha xotin-qizlar orasida Toshkent shahrida o'tkazilgan Oliy liga komandalarining XXVI O'zbekiston chempionati musobaqasida «NDPI» voleybol qizlar komandasi chempionlikni qo'lga kiritib, komanda azolari «O'zbekiston sport ustasi» darajasini egallashga muvaffaq bo'lishdi. Eng quvonarlisi, Voleybol qizlar jamoasi joriy yilda «Universiada-2020» sport o'yinlarida ham faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritishib, O'zbekiston chempioni, oltin medal sohibi bo'lishdi.

SHuningdek, ayni shu yil «Universiada-2020» sport musobaqalari davomida sportning 4 ta yo'nalishi bo'yicha institut yoshlarining faxrli o'rinlarni egallashi, bevosita ustoz-trenerlarimizning zahmatli mehnatlari evazigadir.

Bugungi kunda butun dunyoni qamrab olayotgan koronavirus pandemiyasi bois yurtimizda karantin holati deb elon qilinsada, biz sportchi yoshlar o'z uyimizda turib, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida nafaqat institutimiz balki, O'zbekiston OTMlari orasida tashkil qilinayotgan onlayn sport musobaqalarda ham faol ishtirok etib, faxrli o'rinlarni qo'lga kiritib kelmoqdamiz. Ayni holat esa, bizlarning bo'sh vaqtlarimizni foydali va mazmunli o'tkazishda samara bermoqda.

Xulosa o'rnida alohida takidlaymanki, qabul qilingan strategik hujjat – Muhtaram Prezidentimizning «Biz buyuk O'zbekiston kelajagini albatta, yoshlar bilan birga quramiz», degan shior ostida amalga oshirilayotgan islohotlarning joriy yildagi ilk namunasi sifatida baholayman. Negaki, bugungi kunda nafaqat bizlar tahsil olayotgan oliy talim muassasalarida yoki maktab va liceylarda, hatto o'zim tug'ilib o'sgan To'rtko'l tumanining chekka-chekka qishloqlarida ham sportni jon-u dilidan yaxshi ko'radigan, davlatimiz bayrog'ini jahonning yuksak arenalarida baland ko'tarishni niyat qilib, harakat qilayotgan yoshlarimiz talaygina. Mazkur qabul qilingan Farmon esa, ayni yo'nalishda Prezidentimizga kamarbasta bo'ladigan yurtimizning barcha sport ishqibozlariga, biz talaba-yoshlarga va hurmatli ustoz-trenerlarimizga dasturi amal xizmat qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing