So’nggi yangiliklar

18:34Холанд шахматга сармоя киритмоқда 0 18:13Асламжон Ортиқовнинг ONE FC лигасидаги жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 17:52Том Аспиналл Алекс Перейра билан жанг учун гонорарини кўтаришларини истайди 0 17:31Мовсар Евлоев Дана Уайтга: "Шунисига ҳам раҳмат!" 0 17:10Пеп Гвардиолада навбатдаги рекорд! 0 16:49Нганну билан жанг учун Верховенга кўпроқ пул таклиф қилишди, аммо... 0 16:28Головкин XXI асрнинг энг яхши ўрта вазнлилар рейтингида "Канело"ни ортда қолдирди 0 16:07Octagon чемпиони Шоҳасан Мирзаматовга кескин "ответ" қилди 0 15:46Нидерландия ЖЧ-2026 учун уй ва сафар либосини тақдим этди 0 15:25Алжамейн Стерлинг Мовсар Евлоев - Лерон Мёрфи жангидаги ҳакамликни танқид қилди 0 15:04Хабиб Нурмагомедов Овечкиннинг 1000-голига муносабат билдирди 0 14:43Усик Украина футболида муҳим лавозимга тайинланди 0 14:22Зидан келишувга эришди 0 14:01Армонга айланган Олимпиада ёхуд ҳамон чемпионликка эришаётган мураббий 0 13:40Фьюри — Маҳмудов билан жанг ҳақида: у оғир аҳволда 0

01 apr 08:11
Yangiliklar

Tadbirlar

Sport federaciyalari faoliyati qayta ko'rib chiqiladi

Nurafshon shahrida Toshkent viloyatida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalalari, sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish choralariga bag'ishlangan muloqot tashkil etildi.

Viloyat hokimi G'ulomjon Ibragimov ishtirok etgan uchrashuvda sport sohasi jamoatchiligi, hududda faoliyat ko'rsatayotgan barcha sport federaciyalarining rahbarlari ishtirok etdi. Uchrashuvda hokim viloyatda faoliyat ko'rsatayotgan sport funkcionerlari va murabbiylarning muammolarini tingladi. Har bir federaciyaning moddiy-texnik imkoniyati, erishgan natijalari, kelgusi rejalari muhokama qilindi.

Bugun Toshkent viloyati sport jamoatchiligini qanday muammolar qiynayapti? Uchrashuvda shu va sohaga daxldor boshqa savollar o'rtaga tashlandi. Ochig'ini aytganda, vaziyat ko'ngildagidek emas. Aksariyat federaciyalar nochor bir vaziyatda, o'z ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib bazo'r jon saqlab kelmoqda. Masalan, viloyat engil atletika federaciyasining mashg'ulotlar o'tkazadigan alohida maydoni yo'q. Badiiy gimnastika federaciyasi joyi yo'qligidan boshqa bir tashkilot hududida, og'zaki kelishuvga ko'ra ijara haqi bermaslik sharti bilan (chunki bunga mablag'i yo'q) faoliyat ko'rsatib kelyapti. Qachondir biriktirilgan homiylar bugun turli vajlarni ro'kach qilib, o'zini olib qochyapti.

Og'ir atletika federaciyasi CHinozdagi bolalar va o'smirlar sport maktabi direktori tomonidan boshqariladi. Alohida joyi yo'q. Umuman, ko'plab federaciyalarga rahbarlik qilish hududlarda faoliyat olib borayotgan bolalar va o'smirlar sport maktablari direktorlarining chekiga tushyapti. Ularning qariyb barchasi oyliksiz, azbaroyi sportga bo'lgan muhabbati, ishtiyoqi tufayli federaciya ishlarini imkon qadar tashkil etib kelyapti. Bazi sport federaciyalarining rahbari saylanmagan.

Xabarda sohadagi ana shu kabi muammolar qayd etilib, yillar davomida to'planib qolgan masalalar, vaziyatni o'nglash, jismoniy tarbiya va sportga rahbarlik qilish ishlarini tizimli ravishda yo'lga qo'yish masalalari keng muhokama qilingani aytiladi.

Viloyat hokimi har bir sport federaciyasining yillik moliyaviy sarf-xarajatlari uchun mablag' ajratish bo'yicha aniq choralar ko'rishini malum qildi.

– Bu yil viloyat byudjeti hisobidan yoki homiylar jalb etish yo'li bilan yordam berarmiz. – deydi viloyat hokimi G'ulomjon Ibragimov. – Ammo barcha sport federaciyalari kelgusi yilda yana homiyga ko'z tikib turadigan bo'lsa, u holda ishimizda nimadir xatolik borligini anglatadi. Sport jamiyatlari uchun yaratilgan moliyaviy imkoniyatlar, soliq imtiyozlaridan unumli foydalanish kerak. Qo'shimcha mablag' ishlab topish yo'llarini birgalikda o'ylaylik. Viloyat mamuriyatidan qanday yordam kerak bo'lsa, biz tayyormiz. Federaciyalar qoshida tadbirkorlik bilan shug'ullanaman desangiz, lozim bo'lsa, bir so'm evaziga sizga bino, er ajratamiz. Bu quruq gap emas, aniq taklif.

SHuningdek, sport federaciyalarining geografik joylashuviga ham etibor qaratilib, ular asosan, shaharlar hududlarida joylashgani ommaviy sportni rivojlantirishga to'sqinlik qilishi takidlandi. Yaqin yillarda viloyat sport jamoatchiligi Nurafshon shahriga to'laligicha ko'chirib kelinadi. Barcha federaciyalar viloyatning mamuriy markazida faoliyat ko'rsatadi. Ammo ungcha bo'lgan oraliq vaqt ham katta davr. Oldinda esa olimpiada o'yinlariga munosib tayyorgarlik ko'rish, aholi o'rtasida jismoniy tarbiyani keng ommalashtirish vazifasi turibdi.

Yig'ilish davomida viloyat hokimi masullarga barcha sport federaciyalarining pasportini yaratish, respublikada mavjud, biroq, viloyatda yo'q bo'lgan boshqa sport federaciyalari ishini ham tashkil etish bo'yicha topshiriq berdi. Qayd etish joiz, ayni paytda viloyatda avto-motosport, sinxron suzish, regbi, chim ustida xokkey, qishki sport turlari kabi yo'nalishlarda federaciyalar faoliyat olib bormayapti.


Muloqotda kelgusida hududda sportni rivojlantirishning bosh g'oyasi qanday bo'lishi kerakligi haqida to'xtalib o'tildi. Unga ko'ra, sport jamoatchiligi yirik musobaqalarni mo'ljal qilibgina ishlamasligi kerak. Bosh maqsad – iloji boricha ko'proq aholini sportga jalb etish bo'lishi lozim. Masala shunday qo'yilgan taqdirdagina hududda chempionlar, sport ustalarining chinakam maktabi yaratiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing