So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

01 sen 07:21
Yangiliklar

Tadbirlar

Sport jamoatchiligi Mustaqillik va ezgulik monumentiga gulchambar qo'ydi

O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yillik to'yini xalqimiz ulkan yutuqlar va ko'tarinki kayfiyatda qarshi olmoqda.

Joriy yilda “Jonajon O'zbekistonim, mangu bo'l omon!” degan ezgu g'oya asosida nishonlanayotgan eng ulug' va eng aziz bayram – Mustaqillik kunini mamlakatimiz sport jamoatchiligi ham o'zgacha kayfiyatda kutib olishdi.

Quvonarlisi, ushbu sana arafasida bir qator sport turlari bo'yicha o'tkazilgan eng nufuzli musobaqalarda atletlarimiz shohsupaga ko'tarilib, o'z g'alabalarini Istiqlol ayyomiga bag'ishlashmoqda.

Xususan, yaqinda Vengriyada bo'lib o'tgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha jahon chempionatida terma jamoamiz azolari bronza medali va Tokio-2020 yozgi Olimpiya o'yinlari yo'llanmasiga ega chiqqan bo'lsa, parakanoechilarimiz erishgan muvaffaqiyatlar bundanda salmoqli bo'ldi. 

SHuningdek, dzyudo bo'yicha Yaponiyada hali davom etayotgan jahon chempionatida terma jamoamiz azosi SHarofiddin Lutfullaev kumush medalga sazovor bo'ldi. Xullas, faxr va g'urur qilishga arzigulik yutuqlarimiz talaygina.

Malumki, har yili 31 avgustda turli vazirlik, idora va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari hamda faollari Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo'lgan Mustaqillik va ezgulik monumentiga gulchambar qo'yishadi. Jumladan, bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi xodimlari, sport faxriylari hamda taniqli sportchilardan iborat jamoa ham Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo'ydi.

Takidlash joiz, mustaqil mamlakatda, tinchlik hukmron joyda taraqqiyot bo'ladi, yuksalish bo'ladi. Mustaqilligimizning yigirma sakkiz yilligi keng nishonlanayotgan shu ulug' kunlarda buni sport jamoatchiligi yanada teran his qilmoqda, desak aslo mubolag'a bo'lmaydi. O'z navbatida yurtimiz atletlari bunga javoban xalqaro maydonlarda erishayotgan olamshumul g'alabalari ila mustaqilligimizni yanada mustahkamlashga o'z hissalarini qo'shishmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing