So’nggi yangiliklar

18:56Диёра Келдиёрова Словенияда машғулотларга киришди + ФОТО 0 18:28ОФК хулосаси: Ўзбекистон ЖЧда қандай ўйнади? 0 18:01Тарихий ютуқ: Жаҳон чемпионатида икки нафар ўзбекистонлик чавандоз иштирок этади 0 17:24Лайма Владсон Лейпцигдаги турнирнинг асосий тўрига йўл олди 0 16:50UFC рейтинги янгиланди. Нурсултон Рўзибоев ва Богдан Гусковнинг ўринларида ўзгариш рўй берди 0 16:19Винисиус “Арсенал” билан боғлиқ миш-мишлар фонида “Реал” қароргоҳига етиб келди 0 15:53Тошкент IBSA World Games 2027 комплекс мусобақасига мезбонлик қилади 0 15:22Рамазон Темиров қатнашиши кутилаётган турнирнинг асосий баҳси Забит иштирокида кечади + ПОСТЕР 0 14:57"Худди уни кимдир назорат қилаётгандек". Махачев Иан Гаррини танқид қилди 0 14:31100 миллион камми? “Ливерпуль” Франция терма жамоаси аъзоси учун курашмоқда 0 14:06Ислам Махачев бокс қоидалари бўйича жанг ўтказиш таклифига жавоб қайтарди 0 13:24Жошуа — Фьюри жанги Буюк Британияда эмас, бошқа жойда ўтказилиши мумкин 0 12:45"Кимдир ёлғон хабар тарқатибди" - Ислам Махачев 0 12:00"Декабргача ҳали вақт бор". Неймар фаолиятини якунлаши ҳақида фикр билдирди 0 11:29Рой Жонснинг шогирди Бектемир Мелиқўзиевни яна жангга чорлади 0

22 apr 13:49
Yangiliklar

Sport kurashlari

Sport kurashchilari uchun onlayn-mashg'ulot o'tkazildi

Sport kurashlari (erkin, yunon-rim va ayollar kurashi) bo'yicha O'zbekiston kattalar terma jamoasining onlayn video mashg'uloti bo'lib o'tdi.

Ushbu video mashg'ulotni O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov, MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ vice-prezidenti Azizjon Kamilov, MOQ qoshidagi tezkor shtab boshlig'i SHerzod Tashmatov hamda boshqa mutasaddilar kuzatib borishdi. 

Onlayn video mashg'ulotni yunon-rim kurashchilarimiz boshlab berishdi. Mashg'ulotni Toshkent shahar terma jamoasi bosh murabbiyi Ziyodulla Abdullaev o'tkazdi. Respublikamizning turli shaharlarida bo'lib turgan terma jamoamiz azolari murabbiy bajargan mashqlarni takrorlashdi.   

To'g'ri, bu onlayn, masofadan o'tkaziladigan mashg'ulotlar odatdagisining o'rnini bosa olmaydi. Toza havodagi kross yugurishlar, gilamda bajariladigan mashg'ulot va sparringlarga hech narsa teng kelmaydi. Lekin barchaga birdek teng bo'lgan vaziyatda o'tkazilayotgan onlayn mashg'ulotlar ham foydadan holi bo'lmayapti. 

Onlayn mashg'ulotlar yakuniga etgach, kuzatuvchilarning keng muhokamasiga navbat berildi. Rustam SHoabdurahmonov, Ravshan Ermatov, Oybek Kasimov, SHerzod Toshmatov o'tkazilgan mashg'ulotlar bo'yicha o'z fikr hamda tavsiyalarini berishdi.

"Imkoni bo'lsa ko'proq toza havoda mashg'ulot o'tkazish taklifini bergan bo'lardim. To'g'ri, hozir karantin davrida buning yuz foiz iloji bor deya olmayman. Lekin imkon doirasida, hech bo'lmasa xonadan tashqariga, toza havoga chiqib mashg'ulot o'tkazishni tavsiya qilaman", - dedi R. Ermatov.

"Men ham Ravshan Sayfiddinovichning fikrlarini qo'llab-quvvatlayman. Mana hozir ko'rdik, Rustam Assakalov ochiq havoda mashg'ulot bajardi. Buning foydasi ko'proq bo'ladi. Lekin karantin qoidalariga amal qilishni unutmaslik ham kerak", - deya  Ermatovning fikriga munosabat bildirdi MOQ prezidenti. 

"Sportchilar nomidan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Rustam Mavzurovich, siz aytgandek menda sport zali va toza havoda shug'ullanish imkoniyati bor. Bundan maksimal darajada foydalanyapman. Hozir eng muhimi, kasal bo'lmaslik. Fursatdan foydalanib,  hammaga sog'liq tilayman", - dedi terma jamoamizning tajribali kurashchisi Rustam Assakalov.  


Ravshan Ro'ziqulov, yunon-rim kurashi terma jamoasi bosh murabbiyi 

"Terma jamoamiz azolarining mashg'ulot o'tkazishi, kunlik holati doimiy nazoratimizda. Har kuni ikki mahaldan ularning tana harorati o'lchanadi. Kuniga bir mahal kechki payt video onlayn mashg'ulot o'tkazamiz. Kurashchilarga topshiriq beramiz. Imkoniyatdan kelib chiqib mashg'ulotlarni davom ettiryapmiz".  

Magomed Ibragimov, erkin kurash terma jamoasi azosi

"Bu mashg'ulotlar kimgadir emas, birinchi galda o'zimiz uchun. Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun tayyorgarlik ko'ryapmiz. SHu nuqtai nazardan bir narsani aytishim kerak, Olimpiadaga borib, shoxsupaga ko'tarilishni sizdan ko'ra biz sportchilar ko'proq xohlashimiz kerak. SHunda natija bo'ladi. Hammaga rahmat!"

Olim Hikmatov, erkin kurash bo'yicha terma jamoa bosh murabbiyi  

"Erkin kurashchilarimizning mashg'uloti ham kechki payt o'tkazilyapti. Hamkasblarim aytganlaridek, hozirgi sharoitda maksimal shug'ullanishning iloji yo'q. Yaqin orada musobaqa ham o'tkazilmaydi. Mashg'ulot boshqa, musobaqa umuman boshqa. Hozir o'tkazayotgan mashg'ulotlarimiz kurashchilarimizning sport formasini ushlab turish uchun xizmat qiladi. Keyin raqiblarni o'rganish uchun ham bizda hozir ko'proq vaqt bo'lyapti". 

Rustam SHoabdurahmonov, MOQ prezidenti

"Terma jamoa murabbiylari, sizlar may, uzog'i iyun oyigacha yil oxirigacha bo'lgan yig'inlar bo'yicha taklif beringlar. Hozir butun dunyo bir xil sharoitda. Faqat bizda emas bunday sinovli kunlar. Bizdan ham ayanchli holatda bo'lgan davlatlar bor. Kayfiyatni ko'taringlar! Vaqt kam bo'ladi. Xalqaro yig'inlar o'tkazishning deyarli imkoni yo'q. CHunki, koronavirus kirib bormagan dunyoning biron davlati qolmadi. Bizga yangi rejalar beringlar. Hech kim sport formasini yo'qotmasligi kerak. Sport kurashlari badiiy gimnastika emas. Yangi innovacion metodlar bilan ishlanglar. Murabbiylar shtabi sportchilarning to'laqonli mashg'ulot o'tkazishini nazorat qilsin. Boshqa yo'l yo'q. Biz yordamga tayyormiz".


Onlayn mashg'ulotning ikkinchi qismida murabbiy Abdurauf Bozorboevga navbat berildi. Murabbiyimiz erkin hamda ayollar kurashi terma jamoalari azolariga video onlayn tarzida mashg'ulot o'tkazib berdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing