13 iyu 14:22
Yangiliklar
Sport kurashlari
Sport kurashchilarimiz Osiyo chempionatida 11 ta medal qo'lga kiritishdi, hozircha!
SHu kunlarda Qirg'izistonda sport kurashlari bo'yicha 17 va 23 yoshgacha bo'lgan atletlar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda.
Ayni paytga kelib, U-17 toifasida yunon-rum hamda ayollar kurashi bo'yicha barcha vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi. Har ikki yo'nalishda O'zbekiston terma jamoasi vakillari shu kungacha 2 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medallarini jamg'arishdi.
G'olib va sovrindorlar ro'yxati:
Oltin medallar:
-48 kg: SHahzod Ro'ziohunov
-80 kg: Bekmurod Rustamov
Kumush medallar:
-92 kg: Sardorbek Rustamov
-43 kg: Nilufar Nurmuhammedova
-53 kg: Sohibjamol Esbosinova
-73 kg: Asaloy Amangeldieva
Bronza medallar:
-45 kg: Hojiakbar Qo'chqorov
-51 kg: Dostonbek Oripov
-55 kg: Ayitjan Xalmaxanov
-40 kg: SHohista SHonazarova
-69 kg: Nigina Rajabova
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar