08 apr 10:31
Yangiliklar
Sport kurashchilarimiz uchun doping mavzusida seminar o'tkazildi
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy Antidoping Agentligining Antidoping talim dasturlari bo'limi boshlig'i docent Z.YU.Gazieva, bosh mutaxassis L.O.Egamberdieva va Doping sinovlarini rejalashtirish va ADAMS monitoringi bo'limi boshlig'i N.I.Azamatovalar tomonidan o'tkazilgan seminar murabbiy va kurashchilarimiz uchun har tomonlama foydali bo'ldi.
"Doping va uning sportchi organizmiga tasiri" mavzusida o'tkazilgan seminarda Elena Abaeva boshchiligidagi O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi shifokorlari, shuningdek, 54 nafar sportchi va 10 nafardan ziyod murabbiylar ishtirok etishdi. Ular mavzu yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.
Fikrlar