14 fev 18:15
Yangiliklar
Sport kurashchilarimizga doping masalasida tushuntirish berildi
Doping mojarasi sabab katta musobaqalardan bir necha yilga chetda qolayotgan va hatto ne mashaqqatlar bilan qo'lga kiritilgan Olimpiada medalidan mosuvo bo'layotgan sportchilar etarlicha topiladi. Kuni kecha O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida o'tkazilgan tadbir doirasida shaxsan Rustam SHoabdurahmonov ham ushbu mavzuga alohida to'xtalib o'tgan edi.
SHundan kelib chiqqan holda O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi tashabbusi bilan ham maxsus tadbir tashkil etildi. Unda sohaning tajribali mutaxassisi Elena Abaeva kurashchilarimizga doping mavzusida maruza qilib berdi, tushuntirish ishlarini olib bordi.
Takidlash joiz, doping masalasi hukumat nazoratida bo'lib turibdi. Bu borada muhtaram Prezidentimiz o'tgan yilning 4 sentyabr kuni o'tkazgan videoselektor yig'ilishida ham alohida ogohlantirib o'tgan edilar.
Fikrlar