So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

06 mar 10:39
Yangiliklar

Sport kurashlari, Kurash

Sport kurashlari bo'yicha MOQ sovrini uchun o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionati start oldi

Teglar :  Sport kurashlari
5-9 mart kunlari sport kurashlari bo'yicha o'smirlar o'rtasida Milliy olimpiya qo'mitasi sovrini uchun O'zbekiston chempionati o'tkazilishi haqida xabar qilgandik.

Bugun O'zbekiston taekvondo associaciyasiga qarashli "Universal" sport majmuasida musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Unda Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov so'zga chiqib, turnirda qatnashadigan sportchilarga omad tiladi.

"Bugun O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi Milliy olimpiya qo'mitasi sovrini uchun o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionati musobaqasini boshlamoqda. Bundan buyog'iga sportning ko'plab turlarida Milliy olimpiya qo'mitasi sovrini uchun nufuzli turnirlar tashkil etiladi. Biz bejizga ana shunday musobaqaning birinchisiga sport kurashlarini tanlab olmadik. Erkin va yunon-rum kurashlarining o'zbek sportida tutgan o'rni va nufuzi ancha baland. Milliy olimpiya qo'mitasi sovrini uchun boshlangan musobaqada esa yosh polvonlarimizga omad va zafarlar tilayman. Musobaqalar halol va jangovor ruhda o'tishidan umidvorman!", - dedi Jasur Matchanov.

Besh kun davom etadigan turnirda Respublikamizning turli xududlaridan tashrif buyurgan 700 nafardan ortiq sportchi sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradi.


Malumot uchun, ushbu musobaqa may oyida poytaxtimizda o'tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik vazifasini bajaradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing