So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

01 avg 18:50
Yangiliklar

Sport kurashlari

Sport kurashlari bo'yicha terma jamoalarimiz onlayn mashg'ulotda qatnashishdi + FOTO

Avvaldan belgilab olingan jadval asosida terma jamoalarimizning onlayn mashg'ulotlari davom etadi.

Bugun sport kurashlari bo'yicha terma jamoamiz vakillari navbatdagi onlayn mashg'ulotni o'tkazdi. Mashqlarni murabbiy Aziz Ulaxunov olib bordi. Mazkur jarayonni MOQ hamda O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi rahbariyati ham bevosita kuzatib bordi.

Aziz Ulaxunov dastlab engil chigalyozdi, so'ngra yuklama mashqlarini namoyish qildi. SHundan so'ng kurash texnikasiga oid harakatlar bajarib borildi. Sportchilarning harakatlarini erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha terma jamoamiz murabbiylar shtabi kuzatib bordi. Mashg'ulotlarda 30 ga yaqin sportchi ishtirok etdi.

Sport kurashlaridagi har bir yo'nalish yakkakurash turi bo'lib, bunda sportchilar raqibni his qilishlari talab qilinadi. SHu nuqtai nazardan murabbiylar shtabi MOQ rahbaridan qachondan o'quv-mashg'ulot yig'inlarini boshlash haqida maslahat so'rashdi. O'z navbatida MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov bu borada o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Avvalo, karantin kunlarida ham mana shunday mashg'ulot olib borayotganingiz uchun barchangizga tashakkur aytib qolaman. Hozirgi kunda vaziyatni barchamiz ko'rib turibmiz. Hukumatimiz terma jamoalarimizning o'quv-mashg'ulot yig'inlarini doimo qo'llab kelgan. Biroq ayni pallada yig'in tashkil qilishning mavridi emas, deb hisoblayman. Boisi bu borada Respublika maxsus komissiyasining ham qarori bor. Karantin cheklovlari yumshatilib, maxsus komissiyaning o'quv-mashg'ulot yig'ini uchun rasmiy ruxsat berishini kutishni taklif qilaman”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing