21 sen 00:01
Yangiliklar
Sport kurashlari
Sport kurashlari. Jahon chempionatining yana bir kunini medalsiz yakunladik, Ariuxan Jumabaeva licenziya uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldi
Serbiya poytaxti Belgrad shahrida davom etayotgan sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatining yana bir kuni ortda qoldi.
Malum qilganimizdek, bugun to'rt nafar vakilimiz gilamga chiqdi va afsuski, ularning barchasi ilk jangidayoq raqiblari oldida ojiz qoldi.
57 kg, o'tish bosqichi. Layloxon Sobirova 3:8 Evelina Georgieva (Bolgariya)
53 kg, 1/16 final bosqichi. Aktenge Keunimjaeva 1:2 Mariya Prevolaraki (Greciya)
62 kg, 1/16 final bosqichi. Ariuxan Jumabaeva 0:10 Sakura Motoki (Yaponiya)
68 kg, 1/16 final bosqichi. Firuza Esenbaeva 0:5 Nikoll Parrado (Kolumbiya).
Faqatgina, Ariuxan Jumabaevaning raqibi Sakura Motokining finalga qadar etib borgani tufayli, Ariuxan ertaga o'tish bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar