So’nggi yangiliklar

19:40Шаҳобиддин Эгамов Тошкентда чемпионлик камари учун жанг қилади (ПОСТЕР) 0 18:57Осиё ўйинлари. Мусобақанинг илк кунида қайси спортчиларимиз баҳсларда иштирок этишади? 1 18:37Mangu Дубайдаги ММА Лигаси билан ҳамкорликда турнир ўтказади (ВИДЕО) 0 18:26Ўзбекистон - Туркия ва бошқалар. Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасининг 4-кунидан ОНЛАЙН НАТИЖАЛАР 0 18:01Ўзбекистонлик оғир атлетикачи допинг туфайли 3 йилга четлатилди 0 17:22Тухель 2022 йилда Роналдунинг "Челси"га ўтишига тўсқинлик қилган экан 0 16:50Рамазон Темиров Стив Эрцегга қарши жангга тайёрланиш учун қанча харажат қилганди? 0 16:06Жаҳон чемпиони Асланбек Шимбергенов боксдаги фаолиятини якунлади 0 15:15УЕФА ва КОНКАКАФ ФИФАдан ҳар бир федерацияга 10 млн доллардан тўлашни талаб қилди — L’Équipe 0 14:38Японияда ООК Ижроия қўмитасининг йиғилиши бўлиб ўтди 0 13:30Маҳмуд Мурадов олти нафар рақибга қарши жанг қилиб, қанча пул ишлаб олиши аниқ бўлди 0 12:16Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. 3-турдан сўнг турнир жадвали қандай кўринишда? 0 11:30Бундеслиганинг барча даврлар рекорди янгиланди 0 10:15Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: йигитлар Туркия билан, қизлар эса Аргентинага қарши дона суришади 0 09:57Шаҳзодбек Ярашев Чеченистонда ўтказилган эркин кураш турнирида совриндор бўлди 0

24 iyu 16:29
Yangiliklar

Sport kurashlari, Kurash

Sport kurashlari. O'zbekiston delegaciyasi o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatini to'qqizta medal bilan yakunladi

Teglar :  Sport kurashlari
Xabar berib o'tganimizdek, 20-23 iyul kunlari Tailandda sport kurashlari bo'yicha o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.

O'zbekiston terma jamoasi qita chempionatida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha to'liq tarkibda ishtirok etdi. Musobaqaning ilk kunida yunon-rum kurashchilari gilamga chiqishdi. Vazni 46 kilogramm bo'lgan sportchilar bahsida hamyurtimiz Eldor Karimov bronza medali uchun kechgan bellashuvda mezbonlar vakilini mag'lub etib, delegaciyamiz hisobiga dastlabki bronza medalini taqdim etdi. SHu kuni shuningdek, Dilshod Omangeldiev (-63 kg.) va Saidislom Teshaboev (-42 kg.) lar ham bronza medallariga sazovor bo'lishdi.

Ayollar kurashida bir yo'la ikkita qizimiz bronza medallari bilan taqdirlanishdi. Gulnoza Jumaboeva (-46 kg.) va Umida Maksetova (-38 kg.) uchinchi o'rin taqdirini hal qilgan bahslarda mos ravishda Tailand va Xitoy Taypeyi vakillarini mag'lub etib shohsupaga ko'tarilishdi.

Erkin kurash bo'yicha terma jamoamiz azolari esa musobaqada anchagina muvafaqiyatli ishtirok etib, yakunda 2 ta oltin va bittadan kumush hamda bronza medallariga sazovor bo'lishdi. Vazni 42 kilogrammgacha bo'lgan sportchilar bahsida Umidjon Jalolov finalga qadar Eron va Qozog'iston vakillarini ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi. Hal qiluvchi bahsda esa Umidjon yaponiyalik raqibi ustidan 10:0 hisobida g'alaba qozonib, Osiyo chempioni nomiga sazovor bo'ldi.

-63 kilogramm vaznga ega bo'lgan polvonlar bahsida ham Osiyo chempionatining oltin medali yurtdoshimizga nasib etdi. Ixtiyor Normurodov Qirg'iziston, Hindiston va Mo'g'iliston terma jamoasi azolarini katta ustunlik bilan mag'lub etib oltin medalga ega chiqdi. SHuningdek, Muhammadrasul Rahimov (-85 kg.) va Jamshidbek Marufov (-50 kg.)lar mos ravishda kumush va bronza medallarini qo'lga kiritishdi. Rahimov Janubiy Koreya, Mo'g'iliston va Hindistonlik raqiblari kuragini erga tekkizib finalga qadar etib kelgandi. Hal qiluvchi bellashuvda esa yosh polvonimizga biroz omad etishmadi va u eronlik raqibiga 8:10 hisobida imkoniyatni boy berib kumush medal bilan cheklandi. Jamshidbek esa bronza medali taqdiri hal bo'lgan bahsda Qirg'iziston terma jamoasi azosini 10:0 hisobida taslim qilib, shohsupadan joy oldi.

Yakunda O'zbekiston delegaciyasi Osiyo chempionatida jami 9 ta medalni qo'lga kiritdi. Ularning 2 tasi oltin, 1 tasi kumush va 6 tasi bronza medallaridir. Qita chempionati bahonasida terma jamoamiz murabbiylar shtabi bir qator yosh polvonlarimizning imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishdi. Boisi 2018-yilgi huddi shu yosh toifasidagi Osiyo chempionati Argentinada bo'lib o'tadigan III o'smirlar Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beradi. Aynan shundan kelib chiqib, terma jamoamizning yaqin zaxirasi ko'zdan kechirib olindi. Sport kurashlari bo'yicha terma jamoamiz azolari bugun ertalab Bangkokdan poytaxtimizga qaytib kelishdi.

Reyting:    

Fikrlar

   
24 iyu 17:32:46
Aslanbek
Терма жамоамиз умумжамоа хисобида неченчи ўринни эгаллашибди? Шуни ёзмайсизларми?
   
24 iyu 16:53:43
Ангрен
Козогистонликларга сезиларли даражада имкониятни бой бердик
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing