12 fev 17:17
Yangiliklar

Sport kurashlari. O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Qozog'istondan medallar shodasi bilan qaytdi
2018 yilgi taqvim rejaga asosan, qolaversa, Janubiy-Qozog'iston okrugi yunon-rum kurashi, erkin va ayollar kurashi federaciyasining taklifiga ko'ra, yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi CHimkent shahrida o'tkazilgan V.YA.Urgenin xotirasiga bag'ishlangan Respublika ochiq chempionatida ishtirok etdi.
Musobaqada Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston hamda O'zbekiston mamlakatlari sportchilari qatnashdilar.
Turnirda qatnashgan yosh sportchilarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumush, 6 ta bronza medalini qo'lga kiritdi.
Musobaqada sovrindor bo'lgan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati quyidagicha ko'rinish oldi:
Oltin:
-55kg: Zayniddin Noshirov
-67kg: Mahmud Bahshilloev
-87kg: Parviz Mo'minov
Kumush:
-55kg: Dilshod Nematov
-82kg: Abubakr Alimov
Bronza:
-55kg: Ixtiyor Botirov
-55kg: Olloyor Abduqodirov
-60kg: Muhammadqodir Yusupov
-72kg: Alijon Husenov
-72kg: Umid G'aniev
-130kg: Abdurashid G'ulomqodirov
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 9-13 may kunlari Toshkentda o'tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Ushbu qita birinchiligi oktyabr oyida Argentinada o'tkaziladigan o'smirlar olimpiadasiga yo'llanma beradi.
Fikrlar