So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

22 sen 23:51
Yangiliklar

Sport kurashlari

Sport kurashlari. O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk medalini qo'lga kiritdi

Serbiyaning Belgrad shahrida sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatining sakkizinchi kunidan o'rin olgan bahslari yakunlandi.

Bugun O'zbekiston terma jamoasining besh nafar vakili gilamga chiqdi. Quvonarlisi, bugungi kun doirasida 55 kg vazn toifasidagi yunon-rum kurashchimiz Jasurbek Ortiqboev bronza medali uchun bahsda moldovalik Artyom Delenauni 6:1 hisobida mag'lubiyatga uchratib, jahon chempionatining bronza medali sohibiga aylandi.

Takidlash joiz, Jasurbek bu natija orqali ketma-ket ikkinchi bor jahon chempionatining bronzme medaliga ega chiqdi.

Yana bir kurashchimiz Aram Vardanyan esa ilk o'tish bosqichida misrlik Muhammad Zahab Halilni mag'lub etgan bo'lsa, bronza medali uchun kechgan bahsda yaponiyalik Nao Kusakaga imkoniyatni boy berib qo'ydi. U birozdan so'ng Parij-2024 Olimpiadasi licenziyasi uchun saralash bahsida ishtirok etadi. 

Hamyurtlarimizning bugungi natijalari bilan tanishing:

60 kg: Islomjon Bahromov chorak finalda qirg'izistonlik Jolaman SHarshenbekovga mag'lub bo'ldi va o'tish bosqichiga yo'l oldi

72 kg: Jamol Jumaboev nimchorak finalda vengriyalik Robert Frichga mag'lub bo'ldi, raqibi finalga yo'l olgani tufayli Jumaboev o'tish bosqichida gilamga chiqadi

97 kg: Rustam Assakalov nimchorak finalda kubalik Gabriel Rossiloga imkoniyatni boy berdi, raqibi finalga chiqgani tufayli Assakalov ertaga o'tish bosqichida ishtirok etadi

O'tish bosqichida gilamga chiqgan kurashchilarimiz:

55 kg: Jasurbek Ortiqboev bronza medali uchun kechgan bahsda moldovalik Artyom Delenauni 6:1 hisobida mag'lubiyatga uchratib, jahon chempionatining bronza medali sohibiga aylandi.

77 kg: Aram Vardanyan bronza medali uchun kechgan bahsda yaponiyalik Nao Kusakaga imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing