So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

19 iyu 16:40
Yangiliklar

Sport kurashlari, Kurash

Sport kurashlari. O'zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi

Teglar :  Sport kurashlari
15-18 iyun kunlari Xitoy Taypeyi mamlakatida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.


Unda O'zbekiston terma jamoasi ham to'lik tarkibda ishtirok etdi. Sportchilarimiz qita chempionatida jami 15 ta medalga sazovor bo'lishdi. Ularning 3 tasi oltin, 3 tasi kumush va 9 tasi bronza medallaridir. 

Erkin kurash bo'yicha terma jamoamiz azolaridan Jahongirmirzo Turobov (-55 kg.) va Hasan Rahimov (-120 kg) musobaqada barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib Osiyo chempionligini tantana qilgan bo'lishsa, Isa SHapiev (-74 kg.) hal qiluvchi bellashuvda imkoniyatni boy berib, kumush medali bilan cheklandi. Rustambek Jo'raev (-50kg.), Abbos Rahmonov (-60 kg.) Javrail SHapiev (-84kg.) va Ibrohim Ilhomjonov (-96kg.) bronza medallariga sazovor bo'lishdi. Natijada erkin kurash bo'yicha terma jamoamiz umumjamoa hisobida Osiyo chempionatini Eron termasidan so'ng faxrli 2-o'rinda yakunladi. Uchinchi o'rindan esa qozog'istonlik polvonlar joy olishdi. 

Yunon-rum kurashi bo'yicha o'tkazilgan bellashuvlarda ham mamlakatimiz sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi va 4 ta medalga ega chiqishdi. -96 kg. vazn toifasida gilamga chiqqan Temur Mirzo Mamajonov barcha raqiblari kuragini erga tekkazib oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, Jalgasbay Berdimuratov (-74 kg.) kumush medaliga sazovor bo'ldi. Jasurbek Ortiqboev (-50 kg.) va Mahmud Baxshilloev (-66 kg.) esa bronza medaliga loyiq ko'rilishdi. Yakunda klassik uslubdagi polvonlarimiz umumjamoa hisobida Eron, Qozog'iston va Hindiston terma jamoalaridan so'ng 4-o'rinni egallashdi. 

Va nihoyat ayollar kurashi bo'yicha terma jamoamiz azolari delegaciyamiz hisobiga 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo'shib qo'yishdi. Baxtigul Baltaniyazova (-67 kg.) faqatgina final bahsida raqibasiga imkoniyatni boy berib kumush medal bilan kifoyalandi. Aktenge Keunimjaeva (-48 kg.), Nodira Sobirova (-51kg.) va Xadicha Najimova (-59kg.)lar musobaqani kuchli uchlikda yakunlab, bronza medallariga sazovor bo'lishdi. Yunon rum va ayollar kurashi bo'yicha terma jamoamiz azolari poytaxtimizga kecha qaytib kelishdi. Erkin kurashchilarimiz esa ertaga, 20 iyun kuni Toshkentga etib kelishadi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing