18 fev 14:08
Yangiliklar
Sport kurashlari. O'zbekistonlik ikki sportchi Osiyo chempionati oltin medali uchun jang qiladi
Avvalroq, musobaqa doirasida bugun 5 nafar yunon-rum kurashchimiz bahslarda ishtirok etishi haqida xabar qilgandik. Quvonarlisi, birinchi kungi dastur doirasida ikki nafar sportchimiz - Jasurbk Ortiqboev va Elmurat Tasmuradov finalga chiqdi va oltin medal uchun jang qilish huquqini qo'lga kiritishdi. Bekzod Umarov esa bronza medali uchun kurash olib boradi.
Medallar uchun janglar:
-55 kg: Jasurbek Ortiqboev - Puya Nosirpur (Eron) (FINAL)
-63 kg: Elmurat Tasmuradov - Jinsu Song (Janubiy Koreya) (FINAL)
-77 kg: Bekzod Umarov - Renat Iliaz Uulu (Qirg'iziston) (BRONZA MEDALI UCHUN)
Bugun musobaqada ishtirok etgan boshqa sportchilarimizdan Rustam Assakalov (-87 kg) ilk jangida eronlik kuchli raqib Behruz Hidayatga imkoniyatni boy berdi. 130 kg vaznli Daler Rahmatov esa ilk jangida mezbon Singh Meharga mag'lub bo'ldi.
Final bellashuvlari bugun Toshkent vaqti bilan 17:30dan so'ng boshlanadi.
Fikrlar