So’nggi yangiliklar

21:04WTA рейтинги янгиланди. 22 поғона юқорилаган Раҳимова энди дунёнинг 44-ракеткаси! 0 19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0

12 avg 18:18
Yangiliklar

Sport kurashlari, Dzyudo

Sport kurashlari va dzyudo bo'yicha terma jamoalarimiz Yaponiyaga jo'nab ketmoqda

2017 yil O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi va Yaponiyaning Maydzuru shahar meriyasi o'rtasida o'zaro hamkorlik bo'yicha memorandum imzolangan.

Ushbu dastur asosida bir qator terma jamoalarimiz kunchiqar yurtda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib borishgan edi. Mazkur do'stona aloqalar bu yil ham davom etmoqda. Sport kurashlari va dzyudo sport turlari bo'yicha terma jamoalarimiz 15 avgust kuni o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib borish uchun Yaponiyaning Maydzuru shahriga jo'nab ketishadi. Bugun Maydzuru shahrining meri Ryoze Tatami boshchiligidagi delegaciya Milliy olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov kutib oldi. 

“Ikki mamlakat sportida davom ettirilayotgan bunday hamkorlik uchun tashakkur aytaman. Darhaqiqat, Yaponiya sportning yakkakurash turlarida, ayniqsa, dzyudo, sport kurashlarida jahonning etakchi terma jamoalaridan sanaladi. Maydzuruda tashkil etiladigan yig'in sportchilarimiz uchun juda ham foydali. Yana bir necha kundan so'ng Tokioda dzyudo bo'yicha jahon chempionati start oladi. SHu bois yig'in dzyudochilarimiz uchun tayyorgarlikning so'nggi bosqichi bo'lib xizmat qiladi. SHuningdek, ushbu yig'inni Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik bosqichlaridan biri, desak ham mubolag'a bo'lmaydi”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

O'z navbatida Ryoze Tatami ham mazkur hamkorlik va yig'in bo'yicha o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Maydzuru shahri ham bunday hamkorlikni qo'llab-quvvatlaydi. Tuzilgan memorandum asosida olib borilayotgan mazkur tadbirlar terma jamoalarimiz uchun juda ham foydali. Bu borada avval ham hamkorlik ishlari olib borilgan bo'lib, ularning barchasi ijobiy taassurot qoldirgan. Maydzuru shahrida o'zbekistonlik sportchilar o'zlarini uylaridagidek his qilishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz”, – dedi Ryoze Tatami.

Suhbat davomida Rustam SHoabdurahmonovga O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi vice-prezidenti Axrol Ro'ziev hamda MOQ vice-prezidenti, O'zbekiston dzyudo federaciyasi rahbari Azizjon Kamilov hamrohlik qildi. Uchrashuv yakuniga etganidan keyin mehmonlar MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markaziga tashrif buyurib, u erda sportchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Maydzuru shahrida o'tadigan 1 haftalik yig'inga dzyudo sportida asosiy tarkib, sport kurashlari bo'yicha esa o'smirlar va yoshlar terma jamoamiz vakillari jalb etilgan.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing