24 sen 14:18
Yangiliklar
Sport kurashlari. Yoshlarimiz jahon chempionatida 4ta medal qo'lga kiritishdi
Musobaqaning so'nggi kunida erkin kurash bo'yicha bahslar tashkil qilindi.
-125kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchimiz Hasanboy Rahimov musobaqa davomida Qozog'iston, Armaniston, AQSH vakillarini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalgacha etib bordi. Final ostonasida kechgan jangda afsuski rossiyalik Soslan Xinchagovga 6:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bronza medali uchun o'tkazilgan bahsda esa eronlik Amir Nader Yarini 6:4 hisobida mag'lubiyatga uchratib, sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Eslatib o'tamiz, bungacha Slovakiyadagi jahon chempionatida yunon-rum kurashi bahslarida Mahmud Bahshilloev, ayollar kurashida esa Aktenge Keunimjaeva va Nabira Esenbaeva kumush medalni qo'lga kiritgandilar. SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatidan 3ta kumush va 1ta bronza medali bilan qaytadigan bo'ldi.
Fikrlar