So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

21 sen 23:59
Yangiliklar

Sport kurashlari

Sport kurashlari. Yunon-rum kurashchilarimiz bronza medali va licenziya uchun imkoniyatlarini saqlab qoldi

Serbiyaning Belgrad shahrida davom etayotgan sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatining yana bir kuni ortda qoldi.

Bugun umumiy hisobda 5 nafar sportchimiz gilamga chiqdi.

Dastlab, ayollar kurashi doirasida -62 kg vaznda Ariuxan Jumabaeva ilk o'tish bahsida bolgariyalik Bilyana Dudova bilan jang qilib, 0:11 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Yunon-rum kurashchilarimizdan Jasurbek Ortiqboev (55 kg) yarim finalga qadar etib bordi. U final yo'lida gruziyalik Nugzari Sursumiyaga mag'lub bo'ldi - 4:7. Ortiqboev ertaga bronza medali uchun gilamga chiqadi.

77 kg vazn toifasidagi vakilimiz Aram Vardanyan esa chorak finalga qadar etib bordi. Qirg'izistonlik Akjol Mahmudovga qarshi kechgan chorak final bahsida 0:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Aram ham ertaga bronza medali va Parij-2024 yozgi Olimpiada licenziyasi uchun gilamga chiqish huquqini saqlab qoldi.

Muhammadqodir Rasulov (82 kg) esa ilk bosqichda Finlandiya vakili Artyom SHapovalovdan 8:0 hisobida ustun keldi. Nimchorak finalda esa sportchimiz turkiyalik Burxan Akbudakga mag'lub bo'ldi va musobaqani yakunladi.

Eng og'ir vazndagi sportchimiz Temurbek Nasimov (130 kg) esa ilk bosqichdayoq koreyalik Li Syong CHanga mag'lub bo'lib, jahon chempionatini tark etdi.

SHunday qilib, bugun gilamga chiqgan ikki nafar sportchimiz bronza medali va Olimpiada licenziyasi uchun kurashish huquqini saqlab qoldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing