So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

30 iyu 09:11
Yangiliklar

Sport kurashlari

Sport kurashlarida murabbiylar uchun onlayn seminar bo'lib o'tdi

O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi tomonidan Zoom platformasida onlayn seminar tashkil etildi.

Unda barcha terma jamoa bosh murabbiylari, katta murabbiylar, viloyatlarda faoliyat yuritayotgan murabbiylar ishtirok etdi. Erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi maslahatchi-murabbiyi, rossiyalik mutaxassis Arsen Ahmedov kurashchilarning mashg'ulot jarayoni yuzasidan murabbiylar uchun onlayn seminar o'tkazib berdi. Jarayonni O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov kuzatib bordi. Arsen Ahmedov murabbiylar mashg'ulotlarda ko'proq nimalarga etibor qaratishlari kerak ekanligini aniq misollar bilan tushuntirib berdi. 

"O'quv-mashg'ulot yig'inida sportchilar bir haftada 4 marta umumiy jismoniy mashg'ulot o'tkazishi kerak. Bir haftada kamida ikki kun basseyndagi mashg'ulotlar bo'lishi shart. Masalan, dushanba va seshanba kunlari umumiy jismoniy mashg'ulot o'tkazilsa, chorshanba kunning birinchi yarmida basseyn tashkil etish lozim. Buning foydasi juda ham katta. Kamida bir soat suvda shug'ullanish kerak. Ikkinchi bosqichdagi mashg'ulotlarning 80 foizi gilamda bo'ladi. Bunda asosan sparringlar o'tkaziladi, mashg'ulotlar birinchi bosqich bilan taqqoslaganda, ochiq havoga ko'chadi. Bu bosqichda qisqa masofaga yugurish juda muhim hisoblanadi. Bunda tezlikka etibor qaratiladi. Albatta, birinchi bosqichdagi kabi basseyn ham kun tartibidan o'rin olishi lozim. Muvaffaqiyatga erishishning muhim omili - bu sportchi taomnomasi. To'g'ri taomlanish juda ham muhim. Busiz yaxshi mashg'ulot bo'lmaydi. Men hamisha sportchi taomnomasini benzinga qiyoslayman. Yaxshi yoqilg'i - g'alabalar kaliti! Ovqat racionida temir moddasiga boy taom, mevalar bo'lishi shart. Aks holda bu kamqonlik, xolsizlikka olib keladi. Taomlanish orasidagi tafovut 3 soat bo'lishi kerak. Masalan, ertalab 08:00da nonushta, soat 11:00 engil tamaddi, 14:00da esa tushlik. Musobaqalarga yaqin uglevodga boy taomlar istemol qilish lozim", - dedi Ahmedov. 

Onlayn seminar davomida terma jamoa shifokori Elena Abaeva ham so'z olib, o'z sohasi yuzasidan murabbiy va shifokorlarga kerakli ko'rsatmalarni berdi. O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi bosh kotibi SHuhrat Mamadaliev esa hozirgi pandemik vaziyatda sportchi va murabbiylarni yanada xushyor bo'lishga, isitma, xolsizlik kabi holatlar kuzatilsa, darhol terma jamoa bosh shifokoriga murojaat qilishlarini so'radi. Seminarda murabbiylar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing