So’nggi yangiliklar

14:20Хамзат Чимаев: "Менда аллақачон камар бор. Энди пул ортидан қувяпман" 0 13:59Диего Симеоне мураббийлик фаолиятидаги 1000-ўйинини ўтказди 0 13:38Наоя Иноуэнинг навбатдаги жанги муддати ва рақиби айтилди 0 13:17"Умид қиламанки Гарри Ислам Махачевни юта олади" - Пратес 0 12:56Камондан отиш бўйича Ўзбекистон терма жамоаси Шарқий Осиё сафарига йўл олди 0 12:35"Барселона" 10 йилдан сўнг ушбу натижага эришди 0 12:14Май ойи учун FIDE рейтинги эълон қилинди 0 11:53Dushanbe Grand Slam 2026. Бугун 9 нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз 0 11:32"Отанг сени қиз қилиб тарбиялади" – Чимаев Стрикленднинг узун сочларини "тролл" қилди + ФОТО 0 11:11"Реал" сардори ёзда жамоани тарк этади 0 10:50Istanbul Junior European Cup. Биринчи кун иккита медаль қўлга киритдик 0 10:29Махачев Карлос Пратеснинг Жек Делла Маддалена билан жангдаги ғалабасига муносабат билдирди 0 10:08Наоя Иноуэ ва Дзюнто Накатанининг гонорарлари очиқланди 0 09:47Sofascore. Кечаги учрашув учун Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 09:26Волкановски UFC чемпионлик камарини қачон ҳимоя қилишини айтди 0

18 iyu 14:42
Yangiliklar

Sport kurashlari

Sport kurashlaridagi tatil 1 sentyabrgacha uzaytirildi

Butunjahon kurash dunyosi (UWW) 1 sentyabrgacha xalqaro taqvimdan o'rin olgan barcha musobaqalar o'tkazilmasligini malum qildi.

Bu haqida UWW Ijroiya qo'mitasining navbatdagi yig'ilishida xabar berildi. Butunjahon kurash dunyosi tez orada, aniqrog'i avgust oyida 2020 yilning qolgan qismi hamda 2021 yilgi mavsum uchun taqvimni elon qiladi. 

Onlayn yig'ilishda UWW vice-prezidenti, O'zbekiston Sport kurashlari Associaciyasi rais o'rinbosari Axroljon Ro'ziev ham ishtirok etdi.

Konferenciyada dunyodagi epidemiologik vaziyat hamon tahlikali bo'lib turgani, bu esa musobaqalarning kutilganidan ham kechroq muddatda boshlanishiga sabab bo'lishi haqida so'z bordi. Onlayn konferenciya tarzida o'tkazilgan yig'ilishda 1 sentyabrgacha hech qanday musobaqa o'tkazilmasligiga kelishib olindi. 

UWW vice-prezidenti, Rossiya Sport kurashlari Federaciyasi prezidenti, Olimpiada chempioni Mixail Mamiashvili bir vaqtning o'zida UWW Texnik qo'mitasiga ham rahbarlik qilib kelmoqda. Mamiashvili yig'ilishda 2020 yilgi mavsumning qolgan qismi uchun bir nechta variantlarni taqdim etdi. Qatnashchilar bu masalaga avgust oyida yana qaytishlari va o'shanda qachondan musobaqalar restarti bo'lishini muhokama qilishga kelishib olishdi. Har qanday holatda ham 1 sentyabrgacha musobaqalar o'tkazilmasligi qatiy aytildi.

Takidlanishicha, restartdan keyingi birinchi musobaqa - sentyabr hamda oktyabr oylarida kadetlar, o'smirlar va U-23 yoshidagi sportchilar uchun o'tkaziladigan qita chempionatlari bo'ladi. Lekin bu musobaqalar mezbon davlatdagi o'sha paytdagi mavjud epidemiologik vaziyat sabab bekor qilinishi ham mumkin. 

O'smirlar hamda 23 yoshgacha kurashchilar o'rtasidagi jahon chempionatlari esa noyabr oyining oxirlariga mo'ljallanmoqda. Kattalar o'rtasidagi jahon chempionati masalasiga avgust oyida oydinlik kiritiladi. 

Bundan tashqari, 2020 yilda kadetlar, 15 yoshgacha bo'lgan kurashchilar hamda faxriylar o'rtasidagi jahon chempionatlarini o'tkazmaslikka kelishib olindi.  

2021 yilning oktyabr oyida kattalar o'rtasidagi jahon chempionatiga Norvegiya poytaxti Oslo shahri mezbonlik qiladi. Bu yil ham, 2021 yilda ham jahon Kuboklari o'tkazilmaydi. 

SHuningdek, yig'ilishda 2022 yil Senegalning Dakar shahrida o'tkaziluvchi O'smirlar Olimpiadasi masalasida ham so'z bordi. Biroz ajablanarlisi, Afrikadagi Olimpiada dasturida yunon-rim kurashi bo'lmaydi. Dakar Olimpiadasida erkin hamda ayollar kurashi bo'yicha 5 tadan vazn toifasida g'olib va sovrindorlar aniqlanadi. 

Sohil kurashi ilk bor olimpiya o'yinlari sport turi sifatida qayd etildi. Dakardagi musobaqada erkin hamda ayollar kurashi vakillari 4 tadan vazn toifasida gilamga chiqishadi. 

Bundan tashqari, 2022 yili o'tkazilishi rejalashtirilgan U-23 jahon chempionati mezbonligi uchun ikki nomzod tavsiya qilindi. Xorvatiya poytaxti Zagreb hamda Ispaniyaning Pontevedra shaharlari ushbu kichik jahon chempionatini qabul qilish uchun o'zaro kurash olib borishadi.

Yig'ilish so'nggida UWW prezidenti Nenad Lalovich barcha musobaqalar bo'yicha yakuniy qaror dunyodagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib qabul qilinishini alohida urg'uladi. 

"Biz sportchilar, murabbiylar, hakamlar va muxlislar uchun xavfsiz muhit yuzaga kelgandagina gilamga qaytamiz", — dedi Lalovich.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing