So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

31 dek 11:01
Yangiliklar

Tadbirlar

Sport maktabining eng yaxshilari taqdirlandi + FOTO

Teglar :  XorazmUrganch
Mahorat maskanida yangi yil bayrami arafasida yil sarhisoblariga bag'ishlab taqdirlash marosimi o'tkazish ananaga aylangan.

Bugungi kunda Urganch shahridagi Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabida sportning 13 turi - futbol, mini futbol, regbi, voleybol, basketbol, qo'l to'pi, engil atletika, stol tennisi, shaxmat, shashka, tennis, chim ustida xokkey va badminton bo'yicha mashg'ulotlar olib boriladi. 

SHug'ullanuvchilarning soni 1584 nafarni tashkil etadi. SHundan 476 nafari qizlardan iborat. O'z navbatida yoshlarga 66 nafar tajribali va malakali trener ustozlik qilmoqda.

Aytish joizki, 2021 yil mazkur mahorat dargohi jamoasi uchun omadli yakunlanmoqda. Agarda, sport maktabi tarbiyalanuvchilari o'tgan yili respublikamiz miqyosidagi chempionat, birinchilik va kubok musobaqalarida hamda xalqaro turnirlarda jami 204 medal bilan yakunlashgan bo'lsa, bu yil uning salmog'i oshib, 331 ta medalga etdi. SHundan, 79 tasi oltin, 76 tasi kumush,176 tasi bronza medallaridir.

Mahorat maskanida yangi yil bayrami arafasida yil sarhisoblariga bag'ishlab taqdirlash marosimi o'tkazish ananaga aylangan. Bu yil ham bundan mustasno bo'lmadi. Marosimda qatnashgan Xorazm viloyati Turizm va sport  bosh boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Nodira Jumaniyazova sport maktabi faoliyati, sportchilarning ko'rsatkichlari xususida iliq fikrlarini bildirib, yangi yil bayrami bilan tadbir ishtirokchilarini qizg'in qutladi.

N.Jumaniyazova viloyatda jismoniy tarbiya va sportning rivoji hamda yosh avlodni sog'lom tarzda voyaga etkazish yo'lida qo'shayotgan sidqidildan xizmatlari sport maktabining direktori Jamoladdin Abdullaev, o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Azamat Ardjanov, xo'jalik ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Umid Sapaev, metodistlar Vali Sultonov, Amirbek Matquliev, Anvar Alimov, Murodbek Bekchanov, shifokor Intizor Safarova, hamshira Asal Alimova va massajchi Iroda Rustamovani boshqarmaning tashakkurnomasi bilan taqdirladi.

SHuningdek, voha sportini ommaviy axborot vositalarida keng qamrovli yoritib kelayotgan jurnalistlar ham tashakkurnomaga munosib ko'rildi.

O'z navbatida yuqori ko'rsatkichlarga erishgan trener, sportchilar, para sportchilar hamda ishchi xodimlardan bir guruhi tashakkurnoma va sovg'alarga loyiq ko'rildi.

Ikrom XUDOYBERGANOV, Urganch shahridan

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing