So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

29 dek 08:17
Yangiliklar

Tadbirlar

Sport maktabining “eng yaxshilar”i taqdirlandi FOTOGALEREYA

Teglar :  XorazmUrganch
Yakunlanib borayotgan 2019 yil Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi jamoasi uchun ham muvaffaqiyatli keldi.

Ayni damda ushbu sport maskanida sportning futbol, voleybol, basketbol, qo'l to'pi, engil atletika, stol tennisi, tennis, shaxmat, chim ustida xokkey va badminton turlari faoliyat yuritmoqda. Ularda jami 1600 nafardan ziyod yoshlar o'zlari mehr qo'ygan sport turining sir-asrorlarini qunt bilan o'rganishmoqda. 

SHug'ullanuvchilarning 523 nafarini qizlar tashkil etadi. Murabbiylar soni 61 nafar. Bu erda mashg'ulotlar zamonaviy andozalar asosida, yangi metodikalardan foydalangan holda o'tkazilayotgani, tez-tez musobaqalar uyushtirilayotgani yosh sportchilarning qobiliyatini yuzaga chiqarishda omil vazifasini o'tamoqda. Buning samarasi, sport maktabi vakillari nafaqat viloyat birinchiligi va chempionatlarida, xalqaro va respublika miqyosidagi nufuzli musobaqalarda ham g'olib va sovrindorlar safidan joy olishayotir.  

Tabir joiz bo'lsa, joriy yilda stol tennisi ustalari Nodir Sattorov, Javhar Saidov, Kamron Marimov, Munisa Sultonova, badmintonchilar Anvar Sotimboev, G'affor Jabborov, Umid Hayitboev, Qunduz Ollaberganova, Donogul Sotimboeva, engil atletikachilar Ruslan Gabidullin, Bobur Karimboev, Nurbek Aminboev, tennischi Barno Husainbekova singari ko'plab tarbiyalanuvchilar yuqori ko'rsatkichlarga erishib, sport maktabi nomini ulug'lashdi. Jamoaviy o'yinlar - chim ustida xokkey, futbol, basketbol va gandbol jamoalari azolari ham etiborga molik natijalarga sazovor bo'lishdi.

Mazkur sport dargohida har yili yangi yil bayrami arafasida yil sarhisoblariga bag'ishlab tantanali marosim o'tkazish ananaga aylangan. Unda tarbiyalanuvchilari eng yaxshi natijaga erishgan murabbiy va mutaxassislar munosib taqdirlanadi. Tabiiyki, bu gal ham bundan mustasno bo'lmadi.

Urganch shahridagi “Bek” restoranida bo'lib o'tgan bayram tadbirida Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i SHokir Madaminov qatnashib, sport maktabining joriy yilgi faoliyatiga yuksak baho berdi va  mahorat maskaniga 2020 yilda ham ulkan yutuqlar tiladi. 

O'z navbatida sport maktabi direktori Jamoladdin Abdullaev, direktor o'rinbosari Azamat Arjanov, metodistlar Murodbek Bekchanov, Vali Sultonov, Anvar Alimov, Amirbek Matquliev, murabbiylar Olimboy Davletov (futbol), Alisher Erimov (badminton), SHoniyor Ataev (stol tennisi), Sadoqat Qurbonova (voleybol), Sayyora Otajonova, Mansur Bobojonov (ikkalasi gandbol), Temur Ollaberganov (basketbol), Dinora Sobirova (chim ustida xokkey), Baxtiyor Yusupov (engil atletika), Yusufboy Sodiqov (shaxmat), SHerzod Bobojonov (basketbol) va boshqa xodimlarlarni boshqarmaning diplom va sovg'alari bilan taqdirladi.

Albatta, bu rag'bat xorazmlik sportchilarni, ularning murabbiylarini yangi marralar sari etaklashi muqarrar.

Ikrom XUDOYBERGANOV, Urganch shahridan

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing