28 sen 13:17
Yangiliklar
Paralimpiya

Sport olamida katta yangilik: Rossiya Paralimpiya qo'mitasi qaytadan tan olindi
Rossiya Paralimpiya qo'mitasi to'liq qayta tiklandi.
Bu haqdagi qaror Xalqaro Paralimpiya qo'mitasi (IPC) Bosh assambleyasida qabul qilindi.
Birinchi urinishda Rossiya Paralimpiya qo'mitasi faoliyatini to'liq to'xtatib turishga qarshi 111 delegat ovoz berdi, 55 nafari yoqlab, 11 nafari betaraf qoldi. Ikkinchisida esa 91 delegat RPC faoliyatini qisman to'xtatib turishni yoqlab ovoz berdi, 77 nafari qarshi, 8 nafari esa betaraf qoldi.
SHu tariqa, Rossiya Paralimpiya qo'mitasi yana Xalqaro Paralimpiya qo'mitasi to'liq azosi sifatida faoliyat yuritadigan bo'ldi. Endi rossiyalik para atletlar barcha musobaqalarda o'z bayrog'i va madhiyasi ostida ishtirok eta olishadi.
Havola :
Manba : paralympic.org
Fikrlar