So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

18 okt 13:33
Yangiliklar

Tadbirlar

Sport qo'mitasida Koreya elchisi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

16 oktyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi Rustam Qurbanov Koreya Respublikasining O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Kvon Yon U bilan uchrashdi.

Samimiy va do'stona ruhda kechgan suhbat davomida kelgusi yili Pxenchanda o'tadigan qishki olimpiya o'yinlari haqida atroflicha so'z yuritildi. O'zbekiston vakillarining ushbu sport anjumanida ishtirok etish uchun licenziyalar qo'lga kiritgani alohida mamnuniyat bilan takidlandi.

Rustam Qurbanov orziqib kutilgan qishki olimpiadani Koreya Respublikasi yuksak saviyada o'tkazishiga ishonch bildirdi va bu borada koreyalik mutaxassislarga muvaffaqiyat tiladi. Avgust oyida Butunjahon taekvondo federaciyasi prezidenti CHung Von CHo nufuzli xalqaro musobaqa munosabati bilan Toshkentga tashrif buyurgan chog'ida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev qabulida bo'lgani, muloqot samarasi o'laroq O'zbekiston Milliy universitetida Sport va taekvondo fakulteti ochilishi hamda ushbu dargohda fahriy doktor sifatida etirof etilgan CHung Von CHo maruzalar o'qishi xususida kelishib olinganini yodga olib o'tdi. Bu, o'z navbatida, o'zbek va koreys xalqlari do'stligini mustahkamlashga katta hissa qo'shishini alohida takidladi. Koreyalik hamkorlarimiz diyorimizda bir qator sport turlarini rivojlantirish, sport inshootlarini bunyod qilish va ulardan samarali foydalanish bo'yicha tajribalari bilan o'rtoqlashishlari har ikki tomon uchun foydali bo'lishiga etibor qaratdi.

Koreya Respub¬likasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi qisqa muddat ichida yana bir bora uchrashib turganidan mamnunligini izhor qildi va o'zaro muloqotlar mamlakatlarimizning sport sohasidagi hamkorligini yanada rivojlantirishga ko'maklashishini etirof etdi. Pxenchandagi qishki olimpiadada O'zbekiston delegaciyasini ko'rishdan mamnun bo'lishini aytarkan, to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasiga dunyoning 105 mamlakatidan 5000 nafarga yaqin sportchilar tashrif buyurishi kutilayotganini, mehmonlar uchun barcha shart-sharoit yaratilganini, olimpiada Madaniyat, turizm va kommunikaciya o'yinlari sifatida tarixga kirishini, musobaqa davrida koreyalik mutaxassislar axborot-kommunikaciya texnologiyalari sohasida erishgan so'nggi yutuqlarini namoyish etishga tayyorgarlik ko'rayotganliklarini bildirdi.

Har ikki tomon kelgusida o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada yuqori saviyaga olib chiqish bo'yicha amalga oshirilishi zarur bo'lgan ishlarga batafsil to'xtalib o'tishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing