20 sen 07:22
Yangiliklar
Sport vazirligi kurashchilarimizning Jahon chempionatiga borishi uchun pul ajratmadi!
Musobaqa 21-27 oktyabr kunlari Albaniya poytaxti Tirana shahrida tashkil etiladi.
Olamsport.com kuni kecha U-23 Jahon chempionatida Alisher G'aniev, Abror Atabaev, Doniyorxon Nakibov kabi kurashchilarimiz Albaniyadagi jahon birinchiligiga o'z hisobidan borishi haqida xabar bergan edi.
Bizga malum bo'lishicha, vaziyat haqiqatan ham shunday bo'lib chiqdi. Sport vazirligining assosiaciya uchun aynan ushbu musobaqaga pul ajratmagani tufayli mablag' topa olgan sport kurashchilarimiz U-23 Jahon chempionatida o'z hisobidan qatnashishga majbur.
Yodingizda bo'lsa, O'zbekiston sport kurashlari assosiaciyasi yaqindagina Iordaniyaning Amman shahrida bo'lib o'tgan U-20 Jahon chempionatiga ham biror bir kurashchini yubormagan edi.
Fikrlar