So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

28 may 07:32
Yangiliklar

Tadbirlar

Sport vazirligi xodimlari ishtirokida sport musobaqasi o'tkazildi

Joriy yilning may oyi respublikamizda “Sport oyligi” deb elon qilinib, oylik doirasida aholining keng qatlamlari o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga qaratilgan ko'plab tadbirlar o'tkazilmoqda.

SHunday tadbirlardan biri sifatida o'tgan dam olish kunlarida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi markaziy apparati hamda vazirlik tizimidagi respublika tashkilotlari xodimlari ishtirokida sportning mini-futbol, stol tennisi va suzish turlari bo'yicha musobaqa o'tkazildi.

 

Qizg'in bahslarga boy o'tgan futbol musobaqasida birinchi o'rinni vazirlikning “Yoshlik” jamoasi qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rinni vazirlik xodimlaridan tarkib topgan “Sport” jamoasi qo'lga kiritgan bo'lsa, uchinchi o'rin Sport yakka kurashlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabiga jamoasiga nasib etdi.

Stol tennisi bo'yicha bahslarda esa Suv sport turlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati uslubchisi Fozilbek Xonxo'jaev birinchi o'rinni egalladi.Ikkinchi va uchinchi o'rinlarga mos ravishda vazirlikning Milliy terma jamoalarni saralash (selekciya), shakllantirish va tayyorlash boshqarmasi bosh mutaxassisi Jamshidbek Xasanov va Axborot-tahlil boshqarmasi boshlig'i Isomiddin Po'latov sazovor bo'lishdi.

Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati suzish havzasida o'tkazilgan 50 metrga suzish musobaqasida vazirlik buxgalteriyasi bosh mutaxassisi G'aybullaev Eldor 38 soniya natija ko'rsatib marraga birinchi bo'lib etib keldi. 

Ikkinchi o'rinni Axborot-tahlil boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Oybekjon Rahmonov qo'lga kiritgan bo'lsa, uchinchi o'rin Fan, sport va talim muassasalarini ilmiy metodik taminlash boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Umid Jo'raevga nasib etdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing