So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

07 okt 08:16
Yangiliklar

Tadbirlar

Sport vazirligining hayat yig'ilishi o'tkazildi

Yig'ilish davomida ishtirokchilar uchun "Toshkent-2025" yoshlar Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik yuzasidan taqdimot o'tkazildi.

Mamlakatimiz sportchilarining joriy yil davomidagi natijalari etiborli bo'lishi bilan birga bir qator yo'nalishlarda xususan, ommaviy sportni rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni tanlash, ayrim sport turlarida terma jamoalarni shakllantirishda muammolar mavjudligi bor gap. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligining navbatdagi hayat yig'ilishida takidlandi.

Sport vaziri Adham Ikromov, Osiyo Olimpiya kengashi vice-prezidenti Otabek Umarov, Milliy olimpiya qo'mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov, sport federaciyalari va associaciyalari rasmiylari hamda viloyat sport boshqarmalari boshliqlari ishtirok etgan yig'ilish tanqidiy va tahliliy tarzda o'tdi.

Dastavval, Adham Ikromov "Parij-2024" yozgi Olimpiya o'yinlarida qo'lga kiritilgan yutuq va shu bilan birga yo'l qo'yilgan kamchiliklar xususida so'z yuritdi. Bundan tashqari, yangi boshlangan Olimpiya ciklini munosib o'tkazish, buning uchun mavjud resurslardan maqsadli foydalanish va barchadan o'z vazifasiga masuliyat bilan yondashish zarur ekanligi takidlandi. SHuningdek, qilichbozlik, velosport, engil atletika kabi sport turlarini yanada rivojlantirish lozimligi haqida to'xtalib o'tildi.

Yig'ilish davomida ishtirokchilar uchun "Toshkent-2025" yoshlar Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik yuzasidan taqdimot o'tkazildi. Unda O'yinlar direkciyasi, musobaqa sanalari va ular o'tkaziladigan inshootlar, dasturdan o'rin oladigan sport turlari, shuningdek, masullarga yuklatilgan vazifalar, akkreditaciya masalalari yuzasidan atroflicha malumot berildi.

Osiyo olimpiya kengashi vice-prezidenti Otabek Umarov bir qator mavzular bo'yicha fikr bildirdi. Jumladan, "Toshkent-2025" yoshlar Osiyo o'yinlari jarayonida xalqimizning boy madaniy merosi va ananalarini, uzoq yillik shonli tarixi va madaniyatini namoyon qilgan xolda o'tkazish lozimligini aytib o'tdi. Tayyorgarlik jarayoni reja bilan ketayotgani, davlatimiz rahbarining say-harakatlari bilan diyorimizda barcha sohalar, ayniqsa, sport jadal suratlarda rivojlanayotganini bildirib, yangi Olimpiya ciklida barcha mutasaddi va mutaxassislarga omad va kuch-g'ayrat tiladi.

Tadbir so'ngida "Toshkent-2025" yoshlar Osiyo o'yinlarining maskot va logotiplarining rasmiy taqdimotini o'tkazish bo'yicha taklif ilgari surildi. Hayat yig'ilishi yakunida faoliyatida sustkashlikka yo'l qo'ygan bir qator sport tashkilotlari, sport maktablari, sport turlari bo'yicha murabbiylar, mutaxassislarga tegishli choralar ko'rildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing