So’nggi yangiliklar

14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0 11:20Tata Steel Chess 2027: Нодирбек Абдусатторов чемпионлик унвонини ҳимоя қилади 0 10:49Мадримовнинг вазнидаги собиқ чемпионнинг кейинги жанги санаси, манзили ва рақиби эълон қилинди 0 10:18Валерий Карпин: "Ўзбекистонда умуман бошқа даражадаги футболчилар пайдо бўлди" 0 09:47Махачев Усман Нурмагомедовнинг кечаги қилмишига муносабатини билдирди + ФОТО 0 09:16БАА қонунлари бўйича Усман Нурмагомедовни қандай жазо кутаётгани айтилди 0 08:45Илия Топурия Усман Нурмагомедовнинг ҳибсга олингани ҳақида хабар берди 0 08:14Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Россияга қарши майдонга тушади 0 07:43Total Chess. Абдусатторов иккинчи кун Фирузджага қарши иккита партия ўтказди 0 07:12Хамзат Чимаев БАА фуқаролигини олиш қарорини изоҳлади 0

11 iyu 08:28
Yangiliklar

Boks/MMA

Sportchi Murod Xonto'raevni pichoqlaganlar “ishi” tugadi. Murod qora maskalilarni “sotmadi”

Teglar :  Murod Xonto'raevMMA
MMAchi Murod Xonto'raev haqida.

“Jahon.uz”ning ishonchli manbasi qo'lga kiritgan, dastlabki tergov organi tomonidan to'plangan hujjatlar asosida, 2018 yil 25 noyabr kuni, S.Akbarov xavfli recidivist bo'la turib, o'zining tanishlari bilan bezorilik jinoyatini sodir etish maqsadida, o'zaro oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashib, 2018 yil 20 iyun kuni Xonto'raev Murod Mahamadusmonovich tomonidan Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Amir Temur ko'chasida joylashgan “AURUM 898” tungi klubi yonida Teshabaev Furqat To'lqin o'g'lini urib-do'pposlab tan jarohatini etkazganligi sababli, undan o'ch olish maqsadini ko'zlab jinoyat sodir etish rejasini tuzishgan.

SHayxontohur tumanida joylashgan “Pablo” kafesi yonidagi ofisga kelib, shu erdagi bilyard xonada bo'lgan Murod Xonto'raev, Ikrom Saidov va Salohiddin Zununovni urib-do'pposlashib, qo'llarida bo'lgan kishining sog'ligi uchun amalda shikast etkazishi mumkin bo'lgan pichoq, plastmass truba va temir armatura bo'laklarini namoyish qilib, qo'llab, M.Xonto'raev, I.Saidov va S.Zununovlarga tan jarohati etkazishganligi aniqlangan.

Bu ish bo'yicha barcha jinoyatchilar qo'lga olindi va ularga nisbatan sud hukmi o'qildi.

“Jahon.uz”ga taqdim qilingan sud hukmiga ko'ra, Jinoyat ishlari bo'yicha SHayxontohur tuman sudi sudyasi Ergashov Akmal Ergashovich jinoyatchilarning barchasiga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Sud majlisida jabrlanuvchi tariqasida so'roq qilingan I.Saidov zinapoyadan tushayotgan vaqtida yiqilib tushib hushidan ketgani, o'ziga kelgan vaqtda uni oldida Milliy gvardiya xodimi turganini ko'rganlari va qolgan voqealarni eslay olmasligini aytgan. SHuningdek, u sudlanuvchilarga davosi yo'qligini, sudlanuvchilarga qonuniy engillik berilishini ham qo'shimcha qilgan.

Sud majlisida jabrlanuvchi tariqasida so'roq qilingan M.Xonto'raev suv ichish uchun xonaning burchak qismiga borgan vaqtida to'satdan boshi aylanib erga yiqilib hushini yo'qotganligini, shundan so'ng ko'zini ochsa shifoxonada yotganligini bilganligini, erga yiqilib hushini yo'qotganidan so'ng nima bo'lganligini bilmasligini, shuning uchun aynan qanday qilib tan jarohati olganligini ham bilmasligini, sudlanuvchilarga davosi yo'qligini, sudlanuvchilarga qonuniy engillik berishini so'rab ko'rsatuv berdi.

Qora maskalilar ofisga kirish jarayonida erga yotib qolgan avtomashina egasini ham urishgan, ushbu haydovchi ham sudlanuvchilarga davosi yo'qligini, sudlanuvchilarga qonuniy engillik berishini so'rab ko'rsatuv berdi.

Bunday holatda sud, sudlanuvchi S.Akbarov T.Abdulahatov, S.Fatxullaev O.Sadiqov, T.Azizov, J.Saynazarov va S.Vadenovlarni jinoiy harakatlarini O'zbekiston Respublikasi JK 164-moddasi 4-qismining “v” bandidan JK 104-

moddasi 2-qismining “e,k” bandiga, yani “Bezorilik oqibatida bir guruh bo'lib, sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli bo'lgan qasddan badanga og'ir shikast etkazish” alomatlariga qayta malakalashni lozim topdi.

Sud, sudlanuvchi Akbarov Sardor SHakirovichni O'zbekiston Respublikasi JK 104-moddasi 2-qismining “e,k” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topdi. O'talmay qolgan jazosini ham qo'shib, uzil-kesil o'tash uchun 6 (olti) yil 3 (uch) oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Abdulahatov Islomjon Qaxramon o'g'li O'zbekiston Respublikasi JK 104-moddasi 2-qismining “e,k” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 6 (olti) yil 3 (uch) oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Fatxullaev Saxil Xanlar o'g'li ham O'zbekiston Respublikasi JK 104-moddasi 2-qismining “e,k” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi hamda 6 (olti) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Sodiqov Ozod Raxmatullaevich O'zbekiston Respublikasi JK 104-moddasi 2-qismining “e,k” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 6 (olti) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Azizov Toshtemir Baxtiyor o'g'li O'zbekiston Respublikasi JK 104-moddasi 2-qismining “e,k” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, CHilonzor tuman sudining 14.09.2018 yildagi hukmi bilan tayinlangan

jazoni o'talmagan qismini qisman qo'shish yo'li bilan T.Azizovga uzil-kesil o'tash uchun 6 (olti) yil 3 (uch) oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Saynazarov Jamshid Burxanovich ham O'zbekiston Respublikasi JK 104-moddasi 2-qismining “e,k” bandlari bilan aybli deb topilib, 3 (uch) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Vadenov Sardor Sobirjon o'g'li ham O'zbekiston Respublikasi JK 104-moddasi 2-qismining “e,k” bandlari bilan ayblanib, uzil-kesil o'tash uchun 6 (olti) yil 3 (uch) oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Daliliy ashyo sifatida olingan Toshkent shahar IIBB xo'jalik bo'limiga qarashli saqlash xonasiga topshirilgan “Lacetti” rusumli davlat raqami 01 R 853 XA bo'lgan avtomashina Xodjaev Abdulaziz Abduvaxadovichga, “Cobalt” rusumli davlat raqami 01 H 717 VA bo'lgan avtomashina SHamsiev Malik Umarovichga tegishli tartibda qaytarilishi ham sud hukmida qayd etildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing