So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

28 fev 09:10
Yangiliklar

Tadbirlar

Sportchi pasporti, Mobil laboratoriya. MOQda yangi metodik qo'llanmalar muhokama qilindi

Teglar :  Sport tibbiyoti
Milliy olimpiya qo'mitasida sport tibbiyoti masalasiga bag'ishlangan yig'ilish tashkil qilindi.

Unda Bosh kotib Jasur Matchanov, Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Abdushukur Sodiqov hamda markaz xodimlari ishtirok etishdi.

Yig'ilish davomida markazning ilmiy loyihalari, sportchilarning matematik modeldan foydalangan holda musobaqalarda qayd etishi mumkin bo'lgan ko'rsatkichlari tahlili, psixodiagnostika, farmakalogiya masalalari muhokama qilindi. Sportchilar uchun ruxsat etilgan dori vositalari ro'yxati tayyorlanganligi, ularning sport turlari bo'yicha ajratib chiqilgani, metodik qo'llanma sifatida chiqarilishi haqida malumot berildi. Unga ko'ra, sport federaciyalari va associaciyalarida faoliyat yuritayotgan terma jamoa shifokor va murabbiylari uchun 8 ta metodik qo'llanma tarqatiladi. SHuningdek, yig'ilishda professor Iskandar Mavlonov so'zga chiqib, professional kadrlar tayyorlash, olib borilayotgan tadqiqot ishlari masalasida gapirib o'tdi.


Aziz Mo'minov esa Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyati, chuqurlashtirilgan tibbiy ko'riklar haqida taqdimot o'tkazdi. Bugungi kunga kelib sportchilarimiz belgilangan reja asosida tibbiy ko'rikdan o'tishmoqda. U o'z chiqishi davomida o'tgan yilda olib borilgan tibbiy tekshiruvlar, sportchilarimizning sog'lig'ida yuzaga kelgan muammolar, ularning echimi va amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar haqida gapirdi.

Sportchilarimizni Tokio Olimpiadasiga tayyorlashda tibbiy yo'nalishda ham individual tomonlama yondoshuv yo'lga qo'yilgan. Buning uchun ayni paytda «sportchi pasporti» joriy etilmoqda. Unda avvalgi kasalliklar, mashg'ulotlar jadvali, g'alabalari aks etadi. Bu orqali sportchi haqidagi to'liq tasavvurga ega bo'lish mumkin. SHuningdek, uning jismoniy holatidan ham xabardor bo'lib turish imkoniyati paydo bo'ladi.

«Mobil laboratoriya» mavzusida esa Sunnat Yo'lchiev taqdimot o'tkazdi. Unda sportchilarimizning holati, ularga berilayotgan yuklamalardagi natijalar ko'rib chiqildi.


Yig'ilish yakunida MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov mazkur metodik qo'llanmalarni sport federaciya va associaciya vakillariga shunchaki beribgina qolmay, bu bo'yicha ularga batafsil tushuntirish ishlari olib borish lozimligi haqida gapirdi, ushbu yo'nalish yuzasidan o'zining tegishli tavsiyalarini berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing