So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

08 mar 07:48
Yangiliklar

Tadbirlar

Sportchi qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Teglar :  SportZulfiya
Prezident Farmoniga ko'ra sport sohasida qator yutuqlarni qo'lga kiritayotgan bir guruh qizlarimiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga loyiq ko'rildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev mamlakatimizda mo'tabar ayol zotini ulug'lash, xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rni va nufuzini oshirish, orzu-intilishlarini qo'llab-quvvatlash, o'zining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga o'rnak bo'lib kelayotgan, turli soha va tarmoqlarda qobiliyat va imkoniyatlarini ro'yobga chiqarayotgan, ijtimoiy hayotda faollik va tashabbuskorlik ko'rsatayotgan qizlarni munosib rag'batlantirish maqsadida maxsus farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq bir guruh qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Unga ko'ra, sport sohasida bir qator yutuqlarni qo'lga kiritgan qizlarimiz ham ushbu mukofotga loyiq ko'rildi:

Saparova Sitora SHaydullo qizi - Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi 5-umumiy o'rta talim maktabining 11-sinf o'quvchisi;

Azimova Dilafro'z Alamxon qizi - Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati);

Usmanova Nurinisso Olimovna - Samarqand davlat universitetining 1-bosqich talabasi;

Tog'aymurodova SHaxnoza SHuxrat qizi - Toshkent shahri Sergeli tumanidagi 300-ixtisoslashtirilgan umumiy o'rta talim maktabining 11-sinf o'quvchisi.

Mamlakatimizda aziz va mo'tabar ayol zotiga munosib ehtirom ko'rsatish, opa-singillarimizning davlat va jamiyat hayotida tutgan o'rni va nufuzini oshirish borasida hukumatimiz tomonidan etirofga arzigulik ishlar amalga oshirilayapti.

Ishonamizki, yurtimizning iqtisodiy qudrati va jahon miqyosidagi mavqeini yuksaltirish borasida xotin-qizlarimiz bundan keyin ham o'z xizmatlari bilan ulkan hissa qo'shishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing