07 sen 14:20
Yangiliklar
Boks/MMA, Boshqalar, Tadbirlar
Sportchimiz "ASIAN FIGHT-2017"dan oladigan gonorarini bolalar uyiga hadya qilmoqchi
Kecha "ASIAN FIGHT-2017" tashkilotchilari tomonidan 9 sentyabr kungi jang oqshomiga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
O'sha kungi jangda ishtirok etadigan sportchimiz Mahmud Muradovga jangdan oladigan gonorari haqida berilgan savolga quyidagicha javob berdi:
"Men o'sha jangdan olingan daromadimni Buxorodagi bolalar uyiga hadya qilmoqchiman.
Bundan tashqari O'zbekistonda bepul sport maktabi ochish istagim bor. Bu dunyodagi ilk bepul hususiy maktab bo'ladi. U maktabda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan insonlar kelib shug'ullanishlari mumkin", - deydi Mahmud Muradov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar