08 may 10:52
Yangiliklar
Sportimiz mutasaddilari Dohada dzyudochilarimiz bilan uchrashishdi + FOTO
Hisob bo'yicha 36-jahon chempionatining ilk kuni terma jamoamiz azosi Dilshodbek Baratov finalga qadar mag'lubiyatsiz etib borib, kumush medal hamda Parij-2024 Olimpiadasi yo'lidagi qimmatli 1400 reyting ochkosini qo'lga kiritdi.
Etiborga molik jihati shundaki, dzyudochilarimizni qo'llab-quvvatlash uchun Qatar poytaxtiga sportimiz mutasaddilari - Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya Kengashi vice-prezidenti Otabek Umarov, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov va O'zbekiston Paralimpiya qo'mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev, MOQ raisi zrinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov etib borishdi.
Ular ilk kungi final bellashuvlari yakunida dzyudochilarimiz joylashgan mehmonxonaga tashrif buyurib, ular bilan dildan suhbatlashishdi, bo'lajak murosasiz bahslarda omad tilashdi.
Umid qilamizki, sportimiz mutasaddilari tomonidan berilgan kechagi kuchli motivaciya dzyudochilarimizni g'alabalar sari yanada ruhlantiradi.
Fikrlar