So’nggi yangiliklar

19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0

02 may 16:16
Yangiliklar

Dzyudo

Sportimiz yulduzlari - Diyorbek O'rozboev

Ajoyib odamlar bilan tanishish uchun, qaergadir chiqish shart emas. Uyda qoling va qulayroq joylashib oling.

CHunki hozir biz sizlarni O'zbekistonning eng yaxshi sportchilaridan biri – dzyudochimiz Diyorbek O'rozboev bilan tanishtiramiz.

Diyorbek 1993 yil 17 avgust kuni Xorazm viloyatida tavallud topgan. Qahramonimizning bolaligidan sportga bo'lgan qiziqishi yuqori edi. O'rozboev yoshligidanoq qator xalqaro musobaqalarda o'z muvaffaqiyati bilan omma etiborini torta boshladi. Jumladan, Germaniya va Evropa ochiq kuboklarida uchinchi o'rinni, Beyrutda yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida esa oltin medalni qo'lga kiritdi. Diyorbek 19 yoshida Abu-Dabi Gran-prisi va Tokio Katta dubulg'a turnirlarida ham muvaffaqiyatli qatnashdi.

Polvonimizning faoliyatidagi keskin yuksalish 2016 yil Tbilisi Gran-prisida g'alaba qozonganidan boshlandi. SHundan so'ng Diyorbek ketma-ket Samsun va Olma-ota Gran-prilari, Osiyo chempionati, Boku Katta dubulg'a turnirlari va asosiysi Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o'tkazilgan yozgi Olimpiya o'yinlarining -60 kilogramm vazn toifasi sovrindoriga aylandi. Rio-2016 Olimpiadasining bronza medali sohibi 2017 yil Budapeshtda o'tgan jahon chempionatida ham uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. 2018 yil Indoneziyada o'tgan Osiyo o'yinlarida esa -60 kilogramm vazn toifasida qitada tengsiz ekanligini isbotladi. Etiborlisi, bu so'nggi 2 Osiyo o'yinlarida dzyudochilarimiz hisobidagi yagona oltin medal bo'lib turibdi.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Diyorbek O'rozboevning yurtimiz shon-shuhratini dunyoga tanitish yo'lida ko'rsatayotgan xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirib, uning kelgusi faoliyatida ulkan g'alabalar, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

+1   
02 may 16:55:25
Bek
Жуда хурматга лойиқ спортчи. Лекин, бу гал 60 кг вазн тоифасининг асл эгаси бошқа.
   
03 may 01:11:37
Judo 1
O'rozboyev tezroq sport formasini tiklab, yana katta yutuqlarni qo'lga kiritishini tilab qolamiz!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing