So’nggi yangiliklar

17:40UFC Шанхай. Марказий жангда нокаут қайд этилди 0 17:15UFC Шанхай. Алжемейн Стерлинг Брайан Ортега билан жанг қилди 0 16:58UFC собиқ чемпиони ноябрь ойида октагонга қайтмоқчи 0 16:37UFC Шанхай. Сергей Павлович иштирокидаги жанг тўлиқ давом этди 0 16:16"Бунга нуқта қўйиш вақти келди". Нганну Уайлдерни жангга чорлади 0 15:55Ўзбекистон терма жамоасининг "CAFA Nations Cup-2025" учун қайдномаси маълум 0 15:33Шанхайдаги UFC турнири доирасида Марказий Осиё дербиси бўлиб ўтди 0 15:10"Бунда интрига бор". Махачев Топурия билан жангга қизиқмоқда 0 14:49Камрон Абдураззоқов Asian Cup 2025 кумуш медали совриндори 0 14:28Романо Доннарумманинг келажаги ҳақида фикр билдирди 0 14:07Чарльз Оливейра Илия Топурия энди кимга қарши жанг қилиши кераклигини айтди 0 13:46Нодирбек Якуббоевда яна ғалаба, у 61th Rubinstein Memorial чемпионлигига яқин! 0 13:25"Ҳозирда бу Илия учун энг актуал жанг". Махачев Топуриянинг навбатдаги рақиби ҳақида гапирди 0 13:04Суперлига. Бугун 20-тур якунланади 0 12:43Юнон-рум курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлди 0

14 fev 19:59
Yangiliklar

Tadbirlar

Sportni yanada ommalashtirish bo'yicha Prezident farmoni ijrosi yuzasidan matbuot anjumani o'tkazildi

Teglar :  Prezident Farmoni
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi PF-5924-sonli “O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora tadbirlari to'g'risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan Axborot va ommaviy kommunikaciyalar agentligi binosida matbuot anjumani o'tkazildi.

Matbuot anjumanida Jismoniy tarbiya va sport hamda Qurilish vazirligi mutasaddilari ishtirok etib, Respublikada oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitaciyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakat sportchilarining xalqaro maydonlarda munosib ishtirok etishini taminlash borasida ishlab chiqilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan malumot berib o'tdi.

“Aholining keng qatlamlari, jumladan, umumtalim maktabi o'quvchilari, professional va oliy talim muassasalari o'quvchi va talabalari o'rtasida jismoniy tarbiyani ommalashtirish, ular orasida iqtidorlilarini aniqlash maqsadida “Umumtalim maktab sporti” festivali, “Jismoniy tayyorgarligi rivojlangan muassasa” ko'rik-tanlovini bosqichma-bosqich o'tkazish tizimini ishlab chiqish va jismoniy tayyorgarlik darajasi rivojlangan eng yaxshi umumtalim maktabi, professional va oliy talim muassasasi nominaciyasi joriy etilmoqda.

2020 yildan boshlab sport sohasida “Tashkent Marathon” xalqaro marafoni, “Save Aral” xalqaro ekomarafoni, avtoralli va motokross sport musobaqalarini tizimli o'tkazish orqali sport turizmini rivojlantirish koncepciyasi ishlab chiqilyapti. SHuningdek, aholining barcha qatlamlari o'rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sinovlarini o'tkazish joriy etilmoqda.

Iqtidorli sportchi-yoshlarni saralash va ularni milliy terma jamoalarga jalb etishgacha bo'lgan jarayon bosqichma-bosqich, tizimli amalga oshirilishi natijasida 2020 yilda xalqaro sport musobaqalarida milliy terma jamoalar ishtiroki soni 230 ta oshishi kutilmoqda. 

Joriy yilda aholi o'rtasida “Yoshlar haftaligi”, “Xotin qizlar haftaligi”, “Mahalla va Nuroniylar haftaligi”, “Talim muassasalari haftaligi” tadbirlarining soni 36 mingtaga oshirilib, 67 702 taga etkaziladi”, deb malumot berdi Jismoniy tarbiya va sport vazirining o'rinbosari Nodir Murotov.

SHuningdek, katta yoshdagi aholi qatlamini ham jismoniy tarbiya va ommaviy sportga keng jalb etish borasida asosan umumtalim maktablarining sport inshootlari bazasidan foydalangan holda yo'lga qo'yish choralari ko'rilmoqda. Bunda, maktablarning sport inshootlaridan soat 16:00 dan 21:00 gacha, dam olish kunlari esa ertalabdan kechgacha 352 ming nafardan ortiq aholi, shu jumladan band bo'lmagan yoshlarni sport bilan shug'ullanishlari uchun imkoniyat yaratiladi.

Aniq hisob-kitoblarga ko'ra, 2020 yilda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanadigan aholining umumiy soni 16 foizni, shu jumladan 1-chorakda 9,6 foizni tashkil etishiga erishiladi. O'quvchi-yoshlarni sport bilan muntazam shug'ullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida 9 ta shahar, 26 ta chekka tuman, qishloqlarda yangidan 36 ta bolalar-o'smirlar sport maktablarini tashkil etilib, 540 nafar trenerlar ish bilan taminlanadi, buning natijasida bir kunda 30 384 nafar o'quvchi-yoshlar sport bilan muntazam ravishda shug'ullanishga jalb qilinadi.

“O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 maydagi 370-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2019 yil uchun respublika kalendar rejasiga muvofiq:

O'zbekiston Respublikasi miqyosida sportning 82 ta turi bo'yicha jami 501 sport musobaqalari tashkil etilib, shundan 226 ta O'zbekiston chempionati (35 641 ta ishtirokchi), 206 ta O'zbekiston kubogi (28 900 ta ishtirokchi), 69 ta Respublika turnirlari (13 290 ta ishtirokchi) tashkil etilib, ularda jami 77 831 nafar (shundan 27 853 nafari ayollar) sportchilar qatnashdi.

Jumladan, O'zbekiston chempionatida jami 16 353 ta medallar (4806 ta oltin, 4674 ta kumush, 6873 ta bronza), O'zbekiston kubogida jami 6 792 medallar (1822 ta oltin, 2064 ta kumush, 2906 ta bronza), Respublika turnirlarida jami 5 576 medallar (1610 ta oltin, 1670 ta kumush, 2296 ta bronza) sportchilar tomonidan qo'lga kiritilgan.

Xalqaro miqyosda sportning 51 ta turi bo'yicha jami 182 sport musobaqalarida, jumladan, 26 ta jahon chempionati (279 ta ishtirokchi), 18 ta Osiyo chempionati (209 ta ishtirokchi), 32 xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini (300 ta ishtirokchi), 106 ta xalqaro turnirlar (1 179 ta ishtirokchi)da jami 1 179 nafar (shundan 657 nafari ayollar) sportchilar qatnashdi.

Jumladan, sportchilarimiz tomonidan jahon chempionatlarida jami 118 medallar (40 ta oltin, 22 ta kumush, 56 ta bronza), Osiyo chempionatida jami 114 medallar (35 ta oltin, 42 ta kumush, 37 ta bronza), Respublika turnirlarida jami 525 ta medallar (127 ta oltin, 224 ta kumush, 174 ta bronza) qo'lga kiritildi”, deb malumot berdi boshqarma boshlig'i Bahodir Mamatnazarov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing